Matritsa: Qayta tirilish




Matritsa: Qayta tirilish (inglizcha: The Matrix Resurrections ) — 2021-yilda Lana Wachowski tomonidan suratga olingan Amerika ilmiy fantastik filmi. Bu film Matritsa: Inqilob (2003) filmining davomi boʻlib, „Matrisa“ filmlari seriyasining toʻrtinchisi. Keanu Reeves, Carrie-Anne Moss va Jada Pinkett Smith seriyaning oldingi filmlardagi rollariga qaytishdi va ularga Yahya Abdul-Mateen II, Jessica Henwick, Jonatan Groff, Neil Patrick Harris, Priyanka Chopra Jonas va Christina Ricci qoʻshilishdi.

Inqilob chiqqandan soʻng, Wachowskilar boshqa „Matritsa“ filmini suratga olish imkoniyatini rad etishgan va uchinchi film trilogiyaning yakuni boʻlishini maqsad qilishgan edi. Oʻshandan beri toʻrtinchi Matritsa filmi haqida mish-mishlar tarqalgan, studiya franshizani qayta tiklashga qiziqish bildirgan va Zak Penni yangi ssenariy yozish uchun yollagan. 2019-yil oxirida toʻrtinchi „Matritsa“ filmi nihoyat eʼlon qilindi. Filmni suratga olish jarayoni 2020-yil fevral oyida boshlandi, ammo keyingi oyda COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻxtatildi. Wachowski loyihani toʻxtatib, filmni tugallanmagan holda qoldirmoqchi boʻldi, ammo aktyorlar undan filmni tugatishni talab qilishdi. Suratga olish ishlari 2020-yil avgust oyida davom ettirilib, uch oydan keyin yakunlandi.

Matritsa: Qayta tirilish filmi Village Roadshow Pictures va Venus Castina Productions tomonidan birgalikda ishlab chiqarildi. Filmining ilk namoyishi 2021-yilning 18-dekabrida San Franciscoda boʻlib oʻtdi.

Mazmuni



Matritsa: Inqilob voqealaridan yigirma yil oʻtib, Neo San-Fransiskoda Thomas A. Anderson kabi oddiy hayot kechiradi, uning terapevti unga koʻk tabletkalarni ichishni buyuradi. U ham, Triniti ham bir-birini tanishmaydi. Biroq, Morfeus unga qizil tabletkani taklif qiladi va uning ongini Matritsa dunyosiga qayta ochadi.

Rollarda




Bundan tashqari, Neil Patrick Harris, Jonatan Groff, Priyanka Chopra Jonas, Christina Ricci, Telma Hopkins, Max Riemelt, Toby Onwumere, Brian J. Smith, Andrew Caldwell va Ellen Hollman nomaʼlum rollarni ijro etishgan.

Oʻzbekcha dublyaj




Bundan tashqari, dublyaj va ovoz rejissori — Sohib Nurmuhammedov, tarjimon — Kamola Boshbekova, montaj ustasi — Sherzod Abduhakimov va muharrir — Xosiyat Rajabova.

Ishlab chiqairsh



Suratga olish jarayoni




Filmni suratga olish jarayoni „Project Ice Cream“ maxfiy nomi ostida 2020-yilning 4-fevralida San-Fransiskoda boshlandi Shuningdek, suratga olish Germaniyaning Babelsberg studiyasida va Chikagoda davom ettirildi. San-Fransiskodagi suratga olish jarayonida binolar va koʻcha chiroqlariga zarar yetkazilishi aholi va shahar ishchilarining gʻazabini keltirib chiqardi. Shang-Chi and the Legend of the Ten Rings va Venom: Let There Be Carnage (ikkalasi ham 2021-yilda suratga olingan) filmlarida boʻlgani kabi, prodyuserlar shaharda suratga olishlari uchun San-Fransisko politsiya departamentiga 420 000 dollar toʻlashlari kerak edi. Boshqa postanovkalardan farqli oʻlaroq, ikkinchi syomka guruhiga muhtojlik sezilmadi, chunki Vachowski barcha sahnalarga oʻzi rejissorlik qilgan.

2020-yil 16-martda filmni ishlab chiqarish COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻxtatildi. Suratga olish toʻxtatilgandan soʻng, Wachowski filmni hech qachon tugatmaslik va uni „hech kim koʻrmasligi kerak boʻlgan toʻliq boʻlmagan afsonaviy film sifatida qoldirish“ imkoniyati haqida oʻyladi. Biroq, aktyorlar Wachowskidan filmni tugatishni talab qilishdi. 2020-yil 16-avgust kuni Keanu Reeves Berlinda suratga olish ishlari qayta boshlanganini tasdiqladi. Asosiy suratga olish jarayoni 2020-yil 11-noyabrda boshlangan.

Musiqasi



2021-yil sentyabr oyida Warner Bros. Johnny Klimek va Tom Tykwerlar filmga musiqa yozishlarini tasdiqladi, ular avvalroq Sense8 va Cloud Atlas filmlarida Wachowski bilan hamkorlik qilgan Treylerda Jefferson Airplanening „White Rabbit“ qoʻshigʻi ishlatilgan.

Marketing



2021-yil 24-avgustda film The Matrix Resurrections deb nomlandi. Filmning birinchi rasmiy treyleri 2021-yil 9-sentyabrda chiqishi arafasida filmning rasmiy veb-sayti 7-sentyabrda yangilanib, foydalanuvchiga treylerning tasodifiy lavhalari va ularning kun vaqtiga asoslangan hikoyasini taqdim etdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz