Matrap




Matrap — bedana va boshqa yovvoyi parrandalarni ovlash uchun ishlatiladigan an-jom. Uzun dasta (2,5–3 m atrofida) va uning uchiga oʻrnatiladigan toʻr xaltali chambarak (diametri 1 — 1,5 m) dan iborat. Dasta, odatda, tol daraxtidan, chambarak tut daraxti novdasidan, toʻr xalta esa bakuvvat paxta ip yoki kapron ipdan tayyorlanadi. Toʻr xaltaning koʻzi ovlanadigan parranda chiqib keta olmaydigan kattalikda boʻladi. Parranda oʻtloqdan uchganida M. bilan ilib olinadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz