Matn korpusi




Tilshunoslikda korpus (koʻplikda corpora) yoki matn korpusi katta va tizimlangan matnlar toʻplamidan (hozirgi kunda odatda elektron saqlanadi va qayta ishlanadi) iborat til manbayidir. Korpus tilshunosligida ular muayyan til doirasida statistik tahlillarni amalga oshirish va gipotezani tekshirish, tildagi hodisalarni kuzatish yoki nazariy lingvistik qoidalarni tekshirish uchun foydalaniladi.

Umumiy tasavvur



Korpusda bir tildagi (bir tilli korpus yoki monolingvistik korpus) yoki bir nechta tildagi (koʻp tilli korpus yoki multilingvistik korpus) matnli maʼlumotlar boʻlishi mumkin.

Korpuslarni lingvistik tadqiqotlar uchun yanada foydali qilish uchun, ular koʻpincha annotatsiya deb nomlanadigan jarayondan oʻtkaziladi. Korpusga izoh berishning misoli soʻz turkumlarini yorliqlash (teglash) yoki POS-yorliqlashdir, unda har bir soʻzning turkumi va shu turkumga tegishli kategoriyalari (feʼl, ot, sifatlar va boshqalar) haqidagi maʼlumotlar teglar (yorliqlar) koʻrinishida korpusga qoʻshiladi. Yana bir misol, har bir soʻzning lemma (oʻzak) shaklini koʻrsatish. Agar korpusning tili uni ishlatadigan tadqiqotchilar ishlaydigan til boʻlmasa, izohni ikki tilli qilish uchun chiziqlararo nashrlash qoʻllaniladi.

Baʼzi korpuslar tahlilning keyingi tizimlangan (strukturalangan) darajalariga ega. Xususan, bir qator kichik korpuslar ham toʻliq tahlil jarayonini amalga oshirishi mumkin. Bunday korpuslar odatda Treebanks yoki Parsed Corpora deb ataladai. Agar korpus toʻliq tizimlangan va toʻliq annotatsiyalangan boʻlsa, katta ehtimol bilan bu korpus kichik hajmga ega — 1-3 million atrofidagi soʻzdan iborat. Chunki korpusni toʻlaqonli tahlil qilib chiqish, hamma annotatsiyalarni amalga oshirish judayam qiyin jarayon hisoblanadi. Morfologiya, semantika va pragmatikaning tahlillarini ham oʻz ichiga olgan korpus yanada rivojlangan va soʻnggi bosqichga yetib kelgan korpus hisoblanadi.

Ilovalar



Korpora korpus tilshunosligining asosiy bilim va maʼlumot omboridir. Korpus quyidagi muhim sohalarda ham qoʻllaniladi:

Baʼzi taniqli matn korpuslari



Shuningdek koʻrishingiz mumkin




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz