Matluba Usanova
Matluba Usanova —sharqshunos filolog, arabshunos, tarix fanlari nomzodi. 1938-yil Oʻsh shahrida (Qirgʻiziston) tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1964-yil bitiruvchisi.
Faoliyati
1965–1990-yillar Oʻz FA Tarix va arxeologiya institutining Oʻzbekistonning qadimgi va oʻrta asr davri tarixi boʻlimida avval katta laborant, keyin kichik ilmiy xodim va ilmiy xodim. 1990-yildan nafaqaga chiqquncha, OʻzFA SHI manbashunoslik va qoʻlyozmalarni tavsiflash boʻlimida katta ilmiy xodim.
Ilmiy yoʻnalishi
Oʻrta Osiyoda mato ishlab chiqarish tarixi, manbashunoslik. 20 dan ortiq ilmiy va ommabop ishlar muallifi.
Asosiy ilmiy ishlari
Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: “Oʻrta Osiyoda IX – X asrlarda toʻqimachilik ishlab chiqarish tarixi”. – T., 1989.
Manbalar
uz.wikipedia.org