Matluba Obidova




Matluba Obidova  (1924-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) — sharqshunos, filolog, eronshunos, tarix fanlari nomzodi, dotsent. Hozirgi OʻzMU sharq fakultetining 1949-yilgi bitiruvchisi. Qoʻqon pedagogika instituti sobiq rektori (1955—1956-yillar).

Faoliyati



1949-yildan Leningrad DU aspiranti. 1953 — 1955-yillar OʻzR Maorif vazirligi huzuridagi Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutida katta ilmiy xodim, boʻlim mudiri; 1955-yilda Qoʻqon Pedagogika instituti rektori; 1957-yildan SAGU tarix fakultetining umumiy tarix kafedrasida katta oʻqituvchi; 1958—1962-yillar Respublika sirtqi taʼlim pedagogika instituti rektori; TDPI sirtqi boʻlimining prorektori; 1962 — 1964-yillar doktorant; 1964 — 1986-yil (nafaqaga chiqquncha) Toshkent davlat politexnika institutida dotsent.

Ilmiy yoʻnalishi — XV asr Eron tarixi, taʼlim-tarbiya masalalari. 10 ga yaqin ilmiy va bir qator publitsistik maqolalar muallifi. Bir nechta medallar bilan taqdirlangan.

Asosiy ilmiy ishlari




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz