Matluba Eshonxo‘jayeva
Matluba Eshonxoʻjayeva (shuningdek, Matliuba Ichankhojaeva; 1920 — ?) — 1972-yilning 25-fevralida Toshkent Madaniyat uyida Oʻzbekiston Qizil Xoch jamiyati prezidenti janob Ibodov tomonidan Florence Nightingale medali bilan taqdirlangan oʻzbekistonlik hamshira. U Oʻttiz sakkiz yil davomida Toshkentda joylashgan 4-sonli bolalar poliklinikasida hamshira boʻlib ishlagan. Shuningdek, koʻplab izdoshlarini bolalarga gʻamxoʻrlik qilish boʻyicha oʻqitgan. Hamshira Toshkentdagi zilzila paytida lagerlarda boshpana topgan jabrdiydalarni parvarishlash, epidemiyaga qarshi kurashni tashkil etishda salmoqli xizmat qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org