Matjonov Madraim




Matjonov Madraim (1909, Qoʻngʻirot tumani — 1982.6.2, Nukus) — qoraqalpoq aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Moskva teatr sanʼati institutining qoraqalpoq studiyasini tugatgan (1939). 1930-36 va 1939-yildan Qoraqal-poq teatrida aktyor. Uynagan rollari jushqinligi, yuksak ijro texnikasi, nutqining mukammalligi bilan ajralib turadi. Sahnada Silvestr, Organ ("Skapen nayranglari", "Tartyuf"), Nodir ("Nomus"), Orolboy ("Suymaganga suykanma"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Osip ("Revizor"), Abdulla yuzboshi ("Oshiq Gʻarib"), Ernazar Kenagas ("Berdaq") kabi obrazlar yaratgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz