Mathias Jensen
Mathias Jensen (1996-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, Premer liganing Brentford klubi va Daniya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Jensen Nordsjælland akademiyasining tarbiyalanuvchisi boʻlib, 2016-yilda klubdagi faoliyatini boshlaydi. Nordsjælland jamoasida ikki mavsum oʻynaganidan soʻng, 2018-yilda "Celta Vigo" jamoasiga oʻtadi. 2019-yilga kelib Brentford jamoasiga oʻtadi. Sobiq Daniya yoshlar terma jamoasi aʼzosi Jensen 2020-yilda xalqaro maydondagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi.
Klublardagi faoliyati
Nordsjælland
Yarim himoyachi Jensen Nordsjælland akademiyasini muvaffaqiyatli yakunlaganidan soʻng, 2015-yilning yanvarida uch yillik professional shartnoma imzolaydi. U 2015-16-yilgi mavsumda asosiy tarkibdan oʻrin oladi va beshta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol uradi. Jensen 2016-17-yilgi mavsumda muntazam asosiy tarkibda maydonga tushib 22 ta oʻyin oʻtkazadi. 2017-18-yilgi mavsum u uchun eng yaxshilaridan biri boʻladi va bu mavsumda jami 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol uradi. Ushbu mavsum davomida sardorlik unvoniga sazovor boʻladi va DBU 2017-yilning eng yaxshi oʻyinchisi, FC Nordsjællandda yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlariga sazovor boʻladi. 2018-19-mavsum boshidagi uchta uchrashuvdan soʻng, Jensen 2018-yilning avgustida Nordsjælland jamoasini tark etadi. Farum Parkda Jensen umumiy hisobda uch mavsumdan sal koʻproq vaqt davomida 66 ta oʻyinda maydonga tushadi va 15 ta gol uradi.
Celta Vigo
2018-yilning 8-avgustida Jensen Ispaniya La Ligasining „Celta Vigo“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Jarohati sababli 2018-19-yilgi mavsumda u atigi oltita oʻyinda maydonga tushadi va 2019-yilning iyulida klubni tark etadi.
Brentford
2019-yil 10-iyulda Jensen Angliyaga koʻchib oʻtadi va Chempionship klubi Brentford bilan nomaʼlum toʻlov evaziga toʻrt yillik shartnoma imzolaydi. U 2019-20-yilgi mavsumda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol uradi. Brendford 2020-yilgi chempionat pley-off finalida mag‘lubiyatga uchrab mavsumni yakunlaydi. Jensen 2020-21-yilgi mavsumda 53 ta o‘yinda maydonga tushadi va uning jamoasi 2021-yilgi chempionat pley-off finalidagi g‘alaba qozonib, Premer ligaga ko‘tarilib oladi. Jensen oyog‘i qattiq jarohatlangani sababli Brentfordning 2021-22-yilgi mavsumining dastlabki uchta o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Xalqaro faoliyati
Jensen Daniyaning U18 va U21 terma jamoalari safida 30 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. U Daniya terma jamoasi bilan 2017 va 2019-yillardagi U21 Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Jensen kattalar jamoasining JCh-2018 uchun saralangan dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritilgan edi, ammo u yakuniy tarkibga kiritilmaydi. 2020-yil oktyabr oyida Jensen jarohat olgan Brentforddagi jamoadoshi Christian Nørgaardning oʻrniga Daniya terma jamoasining uchta oʻyindagi asosiy tarkibga kech chaqiruvini oladi. U xalqaro maydondagi birinchi oʻyinini 7-oktyabr kuni Faroe Islandsga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida oʻtkazadi va 28-mart kuni 2022-yilgi JCh saralashida Moldovaga qarshi o‘yinda birinchi xalqaro golini uradi.
Shaxsiy hayoti
Mathias Jensen "Manchester United" va "Barcelona" jamoalariga muxlislik qiladi.
Faoliyatining statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Brentford Individual Manbalar
uz.wikipedia.org