Materik yon bag‘ri




Materik yon bagʻri - okean tubining qirgʻoqqa yaqin qismi, materikning suv ostidagi chekka qismlarining asosiy elementlaridan biri. Shelf bilan materik etagi orasida joylashgan. Okean shelfi va qaʼriga qaraganda yon bagʻri xiyla tikligi (oʻrtacha 4°, koʻp hollarda 15—20° dan 40° gacha) va rel-yefning parchalanganligi bilan farq qiladi. Seysmik tadqiqotlar, dragalash va chuqur suv osti parmalashlari natijasida aniqlanishicha, Materik yon bagʻri b. geologik tuzilishi jihatidan yon-atrof strukturalarining bevosita davomidir. Suv osti denudatsiya va akkumulyasiya jarayonlari roʻy berib turadi. Materik yon bagʻri b. alevrit tarkibli terrigen choʻkindilar, iliq dengizlarda — karbonatli biogen gillar, Dunyo okeanining Antarktika yaqinidagi zonalarida — aysberg yotkiziklari va diatomli gillar bilan krplangan. Organik moddasi sermahsul boʻlganidan Materik yon bagʻri b. alohida batial zona deb ajratiladi (qarang Batial).

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz