Mateo Sušić




Mateo Sušić (talaffuzi: Mateo Sushich; 1990-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Kipr birinchi divizioni APOEL klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Sušić yoshligida mahalliy klublarda futbol oʻynay boshlagan, 2007-yilda Zrinjski Mostar yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 2008-yilning 31-iyulida 17 yoshida Vaduzga qarshi UEFA Yevropa ligasi saralashida professional debyut qilgan.

2010-yilning yozida Sušić Xorvatiyaning Istra 1961 jamoasiga oʻtdi. 30-oktabr kuni o‘zining ilk professional golini Karlovac darvozasiga kiritdi va bu o‘z jamoasining g‘alabasini taʼminladi.

2013-yil iyun oyida Germaniyaning Energie Cottbusiga oʻtdi.

2014-yilning iyun oyida Ruminiyaning CFR Kluj klubi bilan shartnoma imzoladi.

Sherif Tiraspol



2015-yilning yanvarida Sušić Moldovaning Sheriff Tiraspol klubiga nomaʼlum pul evaziga transfer qilindi. Klubdagi debyutini 28-fevral kuni CSF Bălțiga qarshi oʻtkazdi. 18-oktabr kun Petrokub darvozasiga birinchi golini kiritdi.

Sušić 2016-yilning mart oyida jamoa sardori etib tayinlandi.

2017-yilning fevralida shartnomasini 2020-yil iyunigacha uzaytirdi.

2018-yilning 7-aprelida „Sheriff Tiraspol“ safidagi 100-o‘yinini Sperantaga qarshi o‘tkazdi.

CFR Klujga qaytish



2019-yil iyun oyida Sušić CFR Klujga uch yillik shartnoma asosida qaytdi. 21-dekabr kuni CFR Klujdagi birinchi golini Voluntari darvozasiga kiritdi. 2020-yil 3-avgustda klub bilan liga chempionligini qo‘lga kiritdi.

APOEL



2022-yil iyun oyida Sušić Kiprning APOEL jamoasiga oʻtdi.

Xalqaro faoliyati



Sushić Bosniya va Gersegovinanining turli yoshlar darajasidagi jamoasini himoya qilgan.

2016-yilning mart oyida Lyuksemburg va Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta chaqiruv oldi.

Faoliyat statistikasi



Klub



3-dekabr, 2022-yil[19]

Xalqaro



23-sentyabr, 2022-yil[20]

Yutuqlari



Zrinjski Mostar

Sheriff Tiraspol

CFR Cluj

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz