Mateo Barać




 

Mateo Barać (talaffuzi: Mateo Barach)(1994-yil 20-iyulda tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi, himoyachisi ampulasida harakat qiladi. U Rossiya Premer-ligasida Samaraning „Krylia Sovetov“ jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Junak Sinj



Sinjda tugʻilib oʻsgan Barać yoshlik faoliyatini mahalliy Junak Sinj jamosida boshlagan. 18 yoshida u Hajduk Split yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan, ammo asosiy jamoa tarkibiga kira olmagan.

Šibenik



Wohlen va Hrvatski Dragovoljac klublaridagi muvaffaqiyatsiz sinov oʻyinlardan soʻng Barach oʻsha paytda Sinjlik hamkasbi Mirko Labrovich murabbiylik qilgan „Shibenik“ jamosiga qoʻshilgan.

Osijek



2016-yilning 1-iyulida Barać nomaʼlum toʻlov evaziga Osijekga qoʻshilgan. Prva Liganing birinchi yarmidagi ajoyib oʻyin unga Xorvatiya A jamoasiga 2017-yilgi Xitoy kubogiga chaqiruv olib kelgan. 2017-yilning 3-avgust kuni Osijek UEFA Yevropa ligasining 2017—18-yilgi mavsumining uchinchi saralash bosqichida Gollandiya grandi PSV Eyndxovenni umumiy 2:0 hisobida magʻlub etgan. Koʻpchilik Barachni tarixiy gʻalabaning asosiy sababchisi deb atagan va oxir-oqibat „Ajax“ unga 2,5 million yevroga teng transfer taklif qilgan. Osijek va Barach rozi boʻlishgan, ammo tibbiy tekshiruvlarda Barachning yuragi bilan bogʻliq muammolar aniqlanganligi tufayli transfer toʻxtatilgan.

Rapid Wien



2018-yilning 12-iyulida u 1 300 000 yevro evaziga Mateo Rapid Wien jamosiga oʻtgan.

Sochi



2021-yil 19-iyun kuni u erkin agent sifatida Rossiyaning Sochi klubiga oʻtgan.

Krylia Sovetov Samara



2022-yilning 19-fevralida u mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan Samaraning „Krylia Sovetov“ klubiga ijaraga berilgan.

2022-yilning 31-mayida Barach „Krilya Sovetov“ga koʻchib oʻtgan va ikki yillik shartnoma imzolagan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz