Mateo Bajamich
Mateo Bajamich (talaffuzi: Mateyo Bajamich) (xorvatcha: Bajamić) (Xorvatcha talaffuzi: matěo bǎjamitɕ
) (1999-yil 3-avgustda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi. Mateo Bajamich hujumchi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Mateo Bajamich „Instituto“ futbol klubidagi ilk oʻyinini 2019-yilning 23-fevralida o‘tkazdi. Mateo Bajamich klub safidagi ilk boshlangʻich tarkibdagi oʻyinini 2019-yil 3-mart kuni „Guillermo Brown“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (1:0) boshlagan edi. „Instituto“ futbol klubi 2018—2019-yilgi mavsumni turnir jadvalida 22-oʻrinda yakunladi. Mavsumdan soʻng Mateo Bajamich „Instituto“ futbol klubi bilan 2022-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi.
Houston Dynamo
2020-yil 5-oktyabrda Mateo Bajamich Oliy liganing vakili „Houston Dynamo“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Xabar qilinishicha, ushbu transfer narxi 1 200 000 dollarni tashkil etadi. „Instituto“ futbol klubi uning keyingi sotuvining 20 foizini oladi. Mateo Bajamich „Houston Dynamo“ klubi bilan shartnomasi muddati 2022-yilgacha moʻljallangan edi.
Instituto (ijara) 2020-yil 9-noyabrda Mateo Bajamich „Houston Dynamo“ klubidagi mavsumi boshlanishidan oldin, 2021-yil 21-yanvargacha „Instituto“ futbol klubiga ijaraga berildi. Mateo Bajamich klub safida ijara asosida jami sakkizta oʻyinda maydonga tushib, ikki gol urdi.
Huracán (ijara) 2022-yilning 28-yanvarida Mateo Bajamich yana „Houston Dynamo“ klubi tomonidan ijaraga berildi. Bu safar Mateo Bajamich Argentinaga qaytib, „Huracán“ futbol klubi safiga mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi. Shuningdek, ijara shartnomasida „Huracán“ futbol klubi futbolchini sotib olish opsiyasiga egaligi ham bellgilangan edi.
Shaxsiy hayoti
Argentinada tugʻilgan Mateo Bajamich xorvat millatiga mansub hisoblanadi. 1921-yilda uning bobosi Mariano Bajamich (xorvatcha: Marin Bajamić) Xorvatiyaning Trnbusi shahridan (oʻsha paytda Yugoslaviyaning bir qismi) Argentinaga koʻchib oʻtgan va u yerda Carmen ismli ispan ayoliga uylangan. 2020-yilda Mateo Bajamich Xorvatiya fuqaroligini oldi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org