Mateke Jumanazarov




Mateke Jumanazarov  — sovet davlat va iqtisodiyot arbobi.

Tarjimayi holi



1906-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1931-yildan KPSS aʼzosi.

1931-yildan boshlab iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol. 1929—1960-yillar oraligʻida Toʻrtkoʻl sovet-partiya qurilish maktabida, Oʻzbekiston Kommuni raykomida, tuman isteʼmolchi jamiyatlari ittifoqida, tuman moliya boʻlimida, Kegeyli tumani ijroiya qoʻmitasida faoliyat olib borgan. Qoraqalpogʻiston ASSR moliya xalq komissarining oʻrinbosari, 1941—1960-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi.

SSSR Oliy Kengashining II, III, IV, V chaqiriqlari deputati.

Mateke Jumanazarov 1966-yilda Nukusda vafot etgan. Shahardagi Sho‘rsha bobo qabristoniga dafn etilgan. Uning qizi Bibizada Jumanazarova O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupovning rafiqasi boʻlgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz