Mate Vatsadze




Mate Vatsadze (1988-yil 17-dekabrda tugʻilgan) — gruziyalik futbolchi, Batumining „Dinamo“ klubida oʻynaydi.

Faoliyati



Vatsadze oʻzining professional faoliyatini Tbilisining „Dinamo“ klubida boshlagan, 2005—2010-yillar oraligʻida asosiy jamoa tarkibida 96 oʻyin oʻtkazib, 42 tagol urgan. 2011-yilda Rossiya Premyer-ligasida oʻynash uchun Nijniy Novgorodning „Volga“ klubiga oʻtgan. Rossiyada oʻynab yurgan chogʻida Vatsadze Gruziya milliy futbol jamoasining Xorvatiya va Isroilga qarshi Yevro-2012 saralash oʻyinlarida ishtirok etish uchun chaqirilgan, ammo viza ololmagan. Shuning uchun u tez orada Gruziyaga qaytib, mavsum oxirida Dila Gori jamoasi tarkibiga qoʻshildi. 2012-yil 2-sentyabrda u Daniya AGF jamoasi bilan  3+1⁄2 yillik shartnoma imzoladi.

Vatsadze AGF tomonidan 2012—2013-yilgi Yevropa Ligasi 2-saralash bosqichida yangi yulduz sifatida kashf etildi. Vatsadze AGFga qarshi o‘yinda o'zining Dila Gori jamoasi uchun uchta gol urgan va Kiprda bo'lib o'tgan uchinchi saralash bosqichida „Anortosis“ga qarshi o‘yinda ikki marta darvozani ishgʻol qilgan. Vatsadzening urgan gollari Dila Gorining pley-off bosqichiga chiqishiga sabab boʻlgan. Vatsadze, shuningdek, 2010—2011-yilgi UEFA Yevropa Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqichida ikkita gol urib, Tbilisining „Dinamo“ jamoasiga Shvetsiyaning Gefle IF jamoasini oʻz uyida ham, mehmonda ham magʻlub etishga yordam berdi. U 2009—2010-yilgi mavsumda UEFA Yevropa ligasi 3-saralash bosqichida „Srvena Zvezda“ ga qarshi safar oʻyinida Tbilisining „Dinamo“ klubi safida gol urgan.

Vatsadze 2019-yil yanvar oyida Latviyaning „Liepaya“ klubiga o‘tdi.

Xalqaro gollar




Yutuqlar



Dinamo Tbilisi

Dila Gori

AGF

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz