Matbuot nazariyalari
Matbuot nazariyalari tushunchasi birinchi boʻlib Fred Silbert, Teodor Peterson va Uilbur Schrammlarning „Matbuotning toʻrtta nazariyasi“ kitobida tilga olingan. Bu tushuncha „Sovuq Urush“ davrida AQShda ommalashadi va shuning uchun ham koʻpincha u ommaviy axborot vositalarining gʻarbiy nazariyalari deb ataladi.
Fred Silbert, Teodor Peterson va Uilbur Schrammlar matbuot nazaryalarini quyidagi 4 ta guruhga boʻlib oʻrganadi:
(1) Uygʻonish davrining oxirida rivojlangan va haqiqat faqat bir necha donishmand kishilarninggina mehnati mahsuli degan gʻoyaga asoslangan
avtoritar nazariya ;
(2) Milton, Lokk, Mill va Jefferson kabi olimlarning asarlaridan kelib chiqqan va haqiqatni izlash insonning tabiiy huquqlaridan biri ekanligini taʼkidlagan
libertar nazariya ;
(3) Siyosiy nomzodlar uchun teng radio va televidenie vaqti, gazetalarning majburiyatlari kabi gʻoyalarni ilgari suruvchi
ijtimoiy mas’uliyat nazariyasi: (4) Eski avtoritar nazariyaning kengaytirilgan va ijobiyroq versiyasi boʻlgan
sovet-kommunistik nazariyasi. Avtoritar nazariya
Avtoritar nazariyaga koʻra davlat barcha OAV ustidan qattiq nazorat oʻrnatadi va jamoatchilikning davlat siyosatini tanqid qilish erkinligi mavjud boʻlmaydi. Avtoritar media tizimiga koʻra, ommaviy axborot vositalariga egalik davlat tomonidan yoki xususiy sektor tomonidan boʻlishi mumkin. Koʻpincha bosma ommaviy axborot vositalariga egalik xususiy sektor, radioeshittirish va kinoteatrlar esa odatda hukumat qoʻlida qoladi.
Avtoritar nazariyaga koʻra davlatlar ommaviy axborot vositalarini barcha tizimlarni bogʻlovchi vosita sifatida ishlatadi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarining roli asosan fuqarolarni tarbiyalashdan iborat boʻlib, hukmron partiya uchun tashviqot vositasi vazifasini bajaradi.
Avtoritar nazariyaning sovet-kommunistik nazariyadan asosiy farqi shundaki, avtoritat nazariyada OAVga egalik qilish huquqi ham xususiy sektor, ham davlat sektoriga berilishi mumkin boʻlsa, sovet-kommunistik nazariyaga koʻra faqat davlat OAVga egalik qila oladi. Yana bir farq shundaki, avtoritar ommaviy axborot vositalari asosan ijtimoiy status-kvoni saqlab qolish uchun foydalanilsa, sovet-kommunistik ommaviy axborot vositalari koʻpincha ijtimoiy oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Ilgari Birma ommaviy axborot vositalari avtoritar tizim ostida edi. 2011-yilgacha Birmadagi barcha ommaviy axborot vositalari oʻzini harbiy xuntani qoʻllab-quvvatlovchi sifatida koʻrsatib kelgan. Hukmron partiyaga tahdid solgan xabarlar yozgan jurnalistlar qamoqqa olinardi. Qattiq senzura qoidalari ham mavjud boʻlib, faqat davlat tomonidan nazorat qilinadigan, odatda tashviqot bilan toʻldirilgan gazetalar har kuni nashr etilishiga ruxsat berilgan edi. Myanmaning boʻgʻuvchi senzura talablari tufayli xususiy nashrlar har kuni emas, balki haftasiga bir marotaba nashr etilardi. Biroq, soʻnggi paytlarda Myanmada demokratiya yuksala boshlashi bilan ommaviy axborot vositalari oʻta avtoritar yondashuvdan voz kechib, qamoqdagi jurnalistlarni ozod qilmoqda. 2011-yil iyun oyidan boshlab Myanmaning xususiy nashrlarining yarmiga sahifa dalillarini taqdim etmasdan chop etishga ruxsat berildi. Shuningdek, 2013-yilning aprel oyidan xususiy kundalik gazetalar chop etila boshlandi.
OAVlari avtoritar nazariyani qoʻllayotgan boshqa mamlakatlarga quyidagilar kiradi: Shimoliy Koreya, Xitoy, Eron va Saudiya Arabistoni.
Libertarizm nazariyasi
Libertarizm nazariyasi 16-asrdan boshlab Yevropada vujudga kelgan va keng tarqalgan liberal gʻoyalardan kelib chiqqan. Libertar nazariya ommaviy axborot vositalariga hukumat nazorati ostida boʻlmagan, cheklanmagan erkinlik berilishini yoqlaydi. Bu nazariyaga koʻra OAV ustida hech qanday nazorat yoki senzura boʻlmaydi, buning natijasida turli axborotlarni toʻgʻri qabul qila oladigan, media savodxonligi yuqori boʻlgan jamiyat shakillanadi. Ushbu nazariyaga koʻra OAV ga egalik qilish ham asosan xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi.
Libertar nazariyaga koʻra, ommaviy axborot vositalarining maqsadi - axborot berish, kayfiyatni koʻtarish, maʼlumot sotish va hukumatni nazorat qilish hisoblanadi. Libertar nazariya hukumat va davlat roliga tugʻma ishonchsizlikni tabiiy holat deb koʻrsatadi va har bir insonning maʼlumot olish huquqiga ega ekanligini yoqlaydi. Nazariya, shuningdek, har bir shaxs nima yaxshi yoki yomonligini mustaqil hal qila olishi mumkinligiga tayangan holda matbuotda hech narsa cheklanmasligi kerakligini talab qiladi. Hatto salbit axborotlar ham ham istemolchilarga bilim berishi mumkin. Libertar fikrlar avtoritar nazariyaga mutlaqo ziddir.
Ommaviy axborot vositalari tizimida Libertar nazariyani qoʻllaydigan mamlakatga Finlandiya yaqqol misol boʻla oladi. 2011-yilda Finlandiya matbuoti butun dunyo boʻylab erkinlikni targʻib qiluvchi Freedom House tashkiloti tomonidan „dunyodagi eng erkin“ matbuot deb topildi. Davlat konstitutsiyasining 12-moddasida soʻz erkinligi va axborotdan foydalanish kafolatlanadi. Har bir fuqaro notoʻgʻri eʼlon qilingan maʼlumotlarni tuzatish huquqiga ega. Sovet-kommunistik yoki avtoritar media tizimlarida ishlaydiganlardan farqli oʻlaroq, Finlandiyada jurnalistlarga nisbatan tahdidlar kam uchraydi. Bundan tashqari, Internet ochiq va mutlaqo cheklanmagan, 2011-yilda fuqarolarning taxminan 89,4 foizi muntazam ravishda Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan.
Niderlandiya hamda Vengriya ham OAV tizimida Libernarizm nazariyasini qoʻllovchi davlatlar qatoriga kiradi.
Ijtimoiy maʼsuliyat nazariyasi
Ijtimoiy mas’uliyat nazariyasi hech qanday senzurasiz erkin matbuotga ruxsat beradi, lekin ayni paytda matbuotning mazmuni jamoatchilikda muhokama qilinishi kerak boʻladi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari yoki jamoat aralashuvi yoki professional oʻzini oʻzi boshqarish yoki har ikkala majburiyatni qabul qilishi kerak boʻladi. Nazariya avtoritar nazariya va libertar nazariya oʻrtasida yotadi, chunki u bir tomondan ommaviy axborot vositalariga toʻliq erkinlik beradi, ikkinchi tomondan esa tashqi nazorat va taʼsir kuchlari mavjudligini koʻzda tutadi. OAV lariga egalik qilish asosan xususiy sektorda boʻladi.
Nazariya yuqori darajadagi aniqlik, haqiqat va maʼlumotni oʻrganish orqali ommaviy axborot vositalarida professionallikni yaratishga yordam berdi. Matbuot kengashi komissiyalariga ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy mas’uliyatidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar berilgan boʻladi:
Matbuot uchun axloq kodeksini shakllantirish.
Jurnalistika standartlarini takomillashtirish.
Jurnalistika va jurnalist manfaatlarini himoya qilish.
Xulq-atvor qoidalarini buzganlik uchun tanqid qilish va jazolash.
OAV tizimida ijtimoiy maʼsuliyat nazariyasini qoʻllaydigan mamlakat sifatida Amerika Qoʻshma Shtatlarini misol qilib koʻrsatishimiz mumkin. AQShda „Huquqlar toʻgʻrisidagi qonun“ (Bill of Rights) qabul qilingan boʻlib, unda „ Kongress soʻz yoki matbuot erkinligini bekor qiladigan hech qanday qonun qabul qilmaydi“ deb koʻrsatilgan. Ushbu qonun loyihasi ommaviy axborot vositalariga erkinlik huquqini beradi va shu bilan birga, Kongress ommaviy axborot vositalarining erkinligi uchun javobgar boʻlishiga ishonch hosil qiladi. Bunday ishonch ommaviy axborot vositalarini u eʼlon qilayotgan axborot uchun mas’ul boʻlishga undaydi.
Fransiya, Germaniya, Yaponiya kabi mamlakatlarda ham OAV ijtimoiy maʼsuliyat asosida qurilgan.
Sovet-kommunistik nazariya
Sovet-kommunistik nazariya Sovet Ittifoqidan marksistik, leninistik va stalinistik fikrlardan kelib chiqqan. Sovet-kommunistik nazariyaga koʻra, davlat ommaviy axborot vositalarining barcha shakllariga bevosita egalik qiladi yoki qaysidir maʼnoda nazorat qiladi. Ommaviy axborot vositalarining hokimiyati partiya rahbarlarining kichik guruhi qoʻliga tushadi. Sovet-kommunistik nazariyani qoʻllayotgan mamlakatlarda ommaviy axborot vositalarining roli xalqni birlashtirish, jamiyatni oʻzgartirishga olib keladigan partiya va davlat rejalarini amalga oshirish uchun hukmron partiyaning quroli sifatida harakat qilishdir.
Shuningdek, sovet-kommunistik tuzum davrida ommaviy axborot vositalari kommunizm davrida sodir boʻlayotgan salbiy voqealar haqida kamroq xabar beradi va demokratik hududlarda sodir boʻlayotgan salbiy hodisalarni bong urib eʼlon qiladi. Masalan, Rossiya ommaviy axborot vositalari hali sovet-kommunistik tuzum ostida boʻlganida, rasmiy kommunistik „Pravda“ gazetasi Stalinning Gitler bilan tajovuz qilmaslik toʻgʻrisidagi bitimini maqtab, „Kommunist yaxshi“ degan mafkurani koʻrsatgan va Sovet atom stansiyasining xavfsizligi haqida tashvish uygʻotishi mumkin Chernobil fojiasi haqidagi xabarlardan qochgan. „Pravda“ gazetasi bu voqea haqida Shvetsiyaning doimiy chaqirigʻidan soʻng ikki kundan keyin xabar berdi.
Hozirda hech bir davlatning ommaviy axborot vositalari sovet-kommunistik tuzumga texnik jihatdan toʻliq boʻysunmagan. Biroq, ayrim mamlakatlar ommaviy axborot vositalari sovet-kommunistik media tizimiga xos xususiyatlarga ega. Bunga Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalarini misol qilib keltirish mumkin. Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalari butunlay hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Haqiqatan ham, uzoq vaqt davomida Shimoliy Koreyada mustaqil jurnalistlar yoʻq edi, radio va televideniya qabul qiluvchi chastotalar hukumat tomonidan qulflangan edi. Sovet ittifoqida boʻlgani kabi, ommaviy axborot vositalari kommunistik rahbarlik ostida sodir boʻlayotgan salbiy voqealarni yashiradi. Masalan, hukumat millionlab odamlarga taʼsir qilgan ocharchilik haqidagi xabarlarni OAVda yoritilishiga yoʻl qoʻymagan. Biroq, Shimoliy Koreya soʻnggi yillarda ochiqlik belgilarini koʻrsatdi va bu ommaviy axborot vositalari oʻzgarishlarni amalga oshirish oʻrniga ijtimoiy status-kvoni saqlab qolish uchun koʻproq foydalanilmoqda va shuning uchun Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalari hozirda avtoritar media tizimiga koʻproq moyil boʻlmoqda.
Manbalar:
uz.wikipedia.org