Matadi




Matadi — Kongo Demokratik Res-publikasining garbiy chekkasidagi shahar, Kongo daryosi estuariysi yaqinida, Atlantika okeaniga 150 km yetmaydi. Aholisi 180 ming kishi (1990-yillar oxirlari). Yirik savdo-trans-port markazi. Port orqali (yillik yuk ortib-tushirish 1,5 mln. t chamasida) chetga konchilik sanoati va rangli metallurgiya mahsulotlari chiqariladi. Kinshasa shahri bilan temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. Oziq-ovqat (mamlakatda eng katta un tortish zavodi), yogʻochsozlik, kimyo, metallsozlik sanoati korxonalari bor. Baliq ovlanadi va qayta ishlanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz