Masumov Sodiq Aliyevich




Sodiq Aliyevich Masumov (1901.13.5, Ashxobod — 1977.11.1, Toshkent) — xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1946). Turkiston universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1926), shu universitet xirurgiya klinikasida ordinator (1926 — 30), assistent (1930—37), Toshkent tibbiyot akademiyasi umumiy xirurgiya kafedrasida (1943—45), keyin gospital xirurgiya kafedrasida (1951—73) mudir. 1973-yildan professor konsultant. Asosiy ilmiy ishlari Oʻzbekistondagi endemik buqoqni, meʼda va ichakning yara kasalligini xirurgik usulda davolash, endemik buqoq gistopatologiyasiga, qorin boʻshligʻi kasalliklarini aniqlashga oid.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz