Maʼsuma Ahmedova




Maʼsuma Ahmedova  — (1921- 1972), Buxoro, zardoʻz, Oʻzbekiston xalq rassomi. Yoshligidan Buxoro zardoʻzlik fabkasining ishchisi. Buxoro zardoʻz ustalari Rasul Vosiyev, Gʻaybulla Muhamedovlardan taʼlim olgan, N. Aminov, R. Mirzayevlar tajribasidan oʻrgangan. Zardoʻzlik sanʼati va badiiy usullarini mukammal egallagan. Badiiy buyumlarga naqshlar ishlagan, nodir zardoʻzi soʻzanalar yaratishda qatnashgan: „Buzilmas ittifoq“ (1957), „Girih“ (1962, ikkalasi ham V. Stolyarov chizgisi asosida), „Anor“ soʻzanalari va boshqalar. Ayniqsa, „Bayram“ soʻzanasi (1958, chizgisini V. Stolyarov bilan hamkorlikda chizgan, hammasi Amaliy sanʼat muzeyida) zardoʻzlik sanʼati anʼanalarining yorqin namunasidir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz