Masʼud at-Taftazoniy
Masʼud ibn Umar ibn Abdulloh at-Taftazoniy (Saʼduddin) — grammatika, morfologiya, ritorika, fiqh va uning usullari, mantiq va boshqa koʻpgina sohalarda tadqiqotlar olib borgan olim. Naso nohiyasidagi qishloqlardan biri — Taftazonda milodiy 1312-yil (hijriy 712-yil) tavallud topgan. Qutbuddin va Uzduddindan ilm oʻrganib, oʻzini kitoblarni tasnif etishga baxshida qilgan. Samarqandda vafot etgan.
Asarlari
Bahs-munozara
Sohibqiron Amir Temur dargohidagi kengashda Sayyid Sharif al-Jurjoniy va Saʼduddin at-Taftazoniy Alloh taoloning „Uvlaika ala huda min rabbihim“ („Aynan ular Parvardigorlari tomonidan (ato etilgan) hidoyat uzra (barqaror)
dirlar va ana oʻshalar (oxiratda) najot topuvchilardir“) qavli istiorasi xususida tortishib qolganlar. Shunda Sayyid unga oʻzining fasohatdagi mahoratini namoyon etib, tiliga erk bergan edi. Darvoqe, Sayyidning
tili uning qalamiga (yozuvdagi ifodasiga) qaraganda ancha badiiyroq edi. Taftazoniyda esa buning aksi edi. Fozillar ulardan qaysi biri afzalroq ekanini aniqlashda ikki qismga boʻlingan edilar, lekin koʻpchilik Saʼduddin tarafida qolgan edi.
Masʼud at-Taftazoniy milodiy 1389-yil (hijriy 791-yil) vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org