Mastoidit




Mastoidit (yun. mastoides — siynasimon) — chakka suyagidagi soʻrgʻichsimon oʻsiq kataklari va suyak toʻqimasi shilliq pardasining yalligʻlanishi; aksariyat hollarda oʻrta quloqning yiringli yalligʻlanishi asorati (qarang Otit). Oʻtkir va surunkali, shuningdek, birlamchi va ikkilamchi M. farq qilinadi. Quloq sohasida ogʻriqva noxushlik, umumiy ahvolning oʻzgarishi, harorat koʻtarilishi, eshitishning susayishi, qulokdan yiring oqishi va boshqa kuzatiladi. Baʼzan shu soxddagi yalligʻlanish atrofidagi toʻqimalarga tarqalishi va jarayon murakkab tus olishi ham mumkin.

Davo kasallik alomatlariga qarab olib boriladi, asosan, oʻtkir otitni oʻz vaqtida davolash lozim. Mahalliy ogʻirroq hollarda jarroxlik usulida davo buyuriladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz