Mastak




Mastak (Lolium L.) — gʻalladoshlar oilasiga mansub bir yillik, ikki yillik yoki koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda koʻp yillik M. (L. regeppe), koʻpgulli M. (L. multifl orum), zaharli M. (L. temulentum) kabi Z turi uchraydi. Zaharli M.ning poyasi bir nechta, bugʻdoyning poyasiga oʻxshash boʻgʻimlangan, ichi kovak, boʻyi 40—80 sm. Bargi ensiz, qalami, eni 1–4 mm, usti gʻadir-budir, orqasi silliq. Har bir poyaning uchida bittadan, uz. 10— 20 sm boshogʻi bor. Boshoqchalari qiltanokdi, boshoq oʻqiga yopishib turadi. May—iyun oylarida gullab urugʻlaydi. Bugʻdoy, arpa va 1 zigʻir orasida oʻsib, ular bilan barobar pishadi. Bahorikor yerlar, bogʻ va maysazorlarda oʻsadi. Urugʻida markaziy nerv sistemasiga kuchli taʼsir qiladigan zaharli alkaloidlar (0,25 — 0,48%) bor. Mollar yesa halok boʻladi, choʻchqaga esa taʼsir qilmaydi, aksincha, uni semirtiradi. M. urugʻi aralashgan dondan tayyorlanadigan non yeki ovqatni yegan odam ham zaharlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz