Masshtabli qurilish




Masshtablilik , masshtabli qurilish — meʼmoriy shaklni (in-shoot, majmuani) insonga boʻlgan nisbatining badiiy ifodasi. Nisbat, mutanosiblik, ulugʻvorlik kabi sifatlar orqali namoyon boʻladi. M. inshootning inson jussasi oʻlchamlaridan kelib chiqqan meʼmoriy shakllarga (zina, eshik, kursi va boshqalar) boʻlgan nisbatlaridir. Mas, turar joyning odam boʻyiga nisbati, mutanosibligi, haddan tashqari baland boʻlmasligi, uyning shinamliligi va fayzliligini taʼminlaydi. Ismoil Somoniy makbarasida eshiklarning kiraverish ravoqlari, bino tepasidagi mayda ravoqchalar qatori, tashqi burchaklardagi ustungoʻshalarga boʻlgan nisbatlari M. asosida qurilganligini namoyon etgan.

Adabiyot




Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz