Masjid as-Sahoba
Masjid as-Sahoba (arab. مَسْجِد ٱلصَّحَابَة – Sahobalar masjidi) — Eritreyaning Massava shahridagi masjid. Milodiy VII asr boshlariga toʻgʻri keluvchi bu inshoot dunyodagi ilk masjid ekanligi aytiladi. Ma’lumotlarga koʻra, u Makka mushriklari ta’qibidan qochib Afrikaga borgan sahobalar tomonidan barpo etilgan. Hozirgi inshoot ancha keyinroq qurilgan, chunki mehrob (VII asr oxiri) va minora (IX asr) kabi baʼzi xususiyatlar islom meʼmorchiligida keyinchalik yuzaga chiqqan.
Manbalar
uz.wikipedia.org