Mashxur Jusip masjidi




Mashhur Jusip masjidi (qozoqcha: Máshhúr Júsip meshiti/Мәшһүр Жүсіп мешіті; ruscha: Мечеть имени Машхура Жусупа) Pavlodar markazidagi 6 ga lik maydonda joylashgan boʻlib, Qozogʻistondagi eng yirik masjidlardan biri hisoblanadi. U 2001-yilda bir yillik qurilishdan soʻng ochilgan va oʻzida 1500 namozxonni sigʻdira oladi. Masjid qozoq shoiri va tarixchisi Mashxur Jusup (1858–1931) nomi bilan atalgan.

Umumiy koʻrinishi



Masjid qurilishi „AlmatyGiproGor“ institutiga topshirilgan boʻlib, ishni „IrtishTransStroy“ kompaniyasi amalga oshirdi.

Binoning poydevori sakkiz burchakli yulduz shaklida qurilgan, diametri 48 metrga teng. Masjid minoralarining balandligi 63 metr boʻlib, mazkur ramziy balandligi Islom elchisi Muhammadning yoshiga toʻgʻri keladi. Balandligi 54 m boʻlgan asosiy moviy gumbaz oʻtov tepasida boʻladigan aylana teshik shayroq shakliga asoslangan.

1200 kishi sigʻadigan erkaklar namozxonasining balandligi 33 metr, diametri esa 30 metrni tashkil qiladi. Masjidning umumiy maydoni 7240 m2 ni tashkil etadi. Bino ikki qavatli qilib bunyod etilgan. Binoning asosi gʻishtdan, gumbazlari esa metalldan quilgan.

Masjidning ichki qismini bezab turgan „Zumrad“ billur qandil jami 434 ta chiroqdan iborat boʻlib, Toshkent shahrida ishlab chiqarilgan. Masjid arxitekturasi ochiq yurakka oʻxshatib yaratilgan boʻlib, bu bino ezgulik va butun dunyo uchun ochiq lik ramzi boʻlgan.

Masjidning birinchi qavatida madrasaning oʻquv xonalari, 300 oʻrinli ayollar namozxonasi, toʻyxona, bir nechta yordamchi xonalari boʻlgan 300 oʻrinli oshxona, tahorat xonasi va kiyim shkaflari oʻrnatilgan joy mavjud. Koʻchma devorlarni olib tashlash orqali toʻy zali va oshxonani ham birlashtirish mumkin. Birinchi qavatda 1200 oʻrinli erkaklar namozxonasi, musulmon madaniyati muzeyi, kutubxona, proyeksiya xonasi va ofislar joylashgan. Binoning asosiy kirish eshigi birinchi qavatga chiqish imkoniyatini beradi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz