Mashtuliy




Abu Ali Hasan bin Ali bin Muso Mashtuliy (952-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Misrdagi Mashtul kentida tugʻilgani uchun “Mashtuliy” nisbasini olgan. Tasavvuf sirlarini Abu Ali Kotib va Abu Yaʼqub Susiydan oʻrgangan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni qisqartirib kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz