Mashrab Boboyev




Mashrab Boboyev -taniqli oʻzbek yozuvchisi, shoir, dramaturg. 1941-yil Samarqand viloyatining Payariq tumanida tavallud topgan. Toshkent (2003-yil 23 -iyulda Toshkent shahrida vafot etgan.) Teatr va rassomlik sanʼati insituti aktyorlik fakultetida tahsil olgan.

Hayoti



Mashrab Boboyev 1941-yilda Samarqand viloyati [[Poyariq tumanida oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan.1956-yil o'rta maktabni bitirgach avval jamoa xo'jaligida keyin qishloq kutubxonasida ishladi.1960-1965-yillarda Toshkent Teatr va rassomlik insitutining aktyorlik fakultetida tahsil oldi. Respublika Xalq ijodiyoti uyida uslubchi,Samarqand viloyati Xalq ijodiyoti uyining direktori,"Yosh Gvardiya"(hozirgi Yangi asr avlodi) va G'afur G'ulom nomidagi nashiryotlarda muharrir bo'lib ishladi.Respublika radiosi, "Sharq yulduzi" jurnali O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat ko'rsatdi.Teatrlarda adabiy emakdoshlik qildi.Madaniyat ishlari vazirligida repertuar bo'limi mudiri,Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tarjima tahriryatining bosh muharriri boʻlib ishladi.

Ijodi



Mashrab Boboyev adib sifatida 60-yillardan boshlab matbuotda koʻrina boshlagan. Uning „Onamga xat“(1971), „Bahor kayfiyati“(1974) „Paxtam mening-baxtim mening“(1975), „Gurung“(1975), „Kechki trolleybus“(1977), „Bagʻishlov“(1978), „Olisdagi chiroq“(1980), „Soʻz“(1982) „Men bilgan sir“(1990), „Qani mening yulduzim?“(1991), „Nomsiz yulduzlar“(1991) kabi koʻplab kitoblari nashr boʻlgan. Shuningdek u „Oʻttiz yoshlilar“, „Yer tomiri“, „Toshkentdan kelgan mehmon“(„Gurung“), „Tunis prezidenti“(„Mushkul savdo“), „Bizning hovli“(„Onaizor“) „Oʻz uyingdasan“, „Qani mening yulduzim?“, „Suyanch toglari“ kabi qator sahna asarlari yozib, tomoshabinlar eʼtiborini tortgan.Mashrab Boboyevning „Iroda“, „Sevgi nidosi“(Alisher Navoiyning "Sab’ai sayyor" dostoni asosida milliy balet) hamda „Koʻngil koʻchalari“ deb atalgan koʻp qismli videofilmlari namoyish etilgan.

Tarjimalari



Mashrab Boboyev mohir tarjimon ham edi. U A.Pushkin, R.Hamzatov va boshqa shoirlarning sheʼrlarini, V.Katayevning „Xayol chechaklari“ romanini,Muin Bsisuning „Tashrif qogʻozi“, Otar Chiladzening „Rangin dunyo“ nomli sheʼriy kitobi va yigirmadan ortiq dramatik asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Mukofotlari



Mashrab Boboyev 1995-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz