Mashoor Shereef
Mashoor Shereef (1993-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasining „North East United“ klubi va Hindiston terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Oʻyindagi faoliyati
Chennay City
U 2017-yilning 29-noyabr kuni „Chennai City“ safida „Indian Arrows“ga qarshi professional debyut qilgan. U oʻyinning 26-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi, lekin Chennay City 3:0 hisobida magʻlub boʻldi.
North East United
2020-yilda Mashoor Hindiston Superligasining „North East United“ klubiga qoʻshildi. U Hindiston Superligasining 2020/21 mavsumida 11 oʻyinda maydonga tushdi. U NorthEast United uchun birinchi golini 2021-yil 21-dekabrda ATK Mohun Bagan darvozasiga kiritdi. Mashoor Shereefning eng muvaffaqiyatli mavsumi Hindiston Superligasining 2021—2022-yilgi mavsumi boʻldi. Mashoor Shereef bu mavsum davomida 15 marotaba North East United jamoasi safida maydonga tushib jamoa faoliaytidagi ilk golini urdi va oʻz faoliaytidagi gollar sonini 3 taga yetkizib oldi. Mashoor Shereef bundan oldingi ikita golini Chennay City jamoasi safida 2019-yilgi mavsum Hindsiton I-ligasida urgan. Oʻsha mavsum davomida ham Mashoor Shereef Chennay City jamoasi safida 15 marotaba maydonga tushgan edi.
Xalqaro maydonda
2021-yil 2-mart kuni Shereef Hindiston terma jamoasining Ummon va BAAga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oldidan 35 kishidan iborat milliy futbol terma jamoasiga saralandi. 2021-yil 29-mart kuni Shereef Hindiston terma jamoasi safida BAAga qarshi debyut qildi. Umumiy hisobda, Mashoor Shereef Hindiston milliy terma jamoasi safida ikki marotaba maydonga tushgan va 2022-yilgi maʼlumotlarga koʻra hali biorn marta ham gol ura olmagan.
Karyera statistikasi
Klub
2022-yil 28-fevral holati[6]
Xalqaro
Maʼlumotnomalar
uz.wikipedia.org