Mashara




Mashara (arab. — hajv, mazax kilish) — oʻrta asrlar va yaqin oʻtmishdagi oʻzbek anʼanaviy teatrining turi. Ijrochi ham M. deb atalgan. Gʻaznaviylar saroyida (10-asr oxiri — 11-asr boshi) Buki M., Alisher Navoiy davrida Gʻiyos M. deganlar utgan. 19-asrda Buxoro anʼanaviy teatrida Zarif, Tula, Mizrob, Ergash ismli M.lar shuhrat qozongan. M.lar maxsus liboslar va buyumlardan foydalanib, yuzlarini boʻyab, baʼzan yuzlariga niqob tortib, boshlariga kulgili qalpoqlar, sallalar, popoxlar kiyib, ayvon, koʻshk yoki maydonlarda hayotdan olingan voqealarni sahnaviy ziddiyatlar va timsollar shaklida hajv va hazil vositalari bilan boʻrttirib aks ettirganlar va tomoshabinlarni kuldirganlar. 18-asrda M. iborasi bilan bir qatorda ijrochi maʼnosida "masharaboz", teatr maʼnosida "masharabozlik" istilohlari qoʻllana boshlagan (yana q. Masharabozlik).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz