Mashankoʻl




Mashankoʻl — Qoraqalpogʻiston Res-publikasining Qoʻngʻirot tumanidagi koʻl. Qoʻngʻirot shahridan 20 km shim.da. Maydoni 10 km² ga yaqin. Gʻarbdan sharqqa 4 km, shim.dan jan.ga 2 km choʻzilgan. Oʻrtacha chuq. 2 m, eng chuqur joyi 3 m. M. yosh kul. 20-asrning 2-yarmida Amudaryoning toshqin suvlaridan paydo boʻlgan. Suvi tiniq. Koʻl hududining 80% qamishzor. Turli baliq va ondatralar ovlanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz