Mashʼal (futbol klubi)
Mash’al — Qashqadaryo viloyati, Muborak shahri futbol jamoasi. Oʻzbekiston Pro ligasi vakili.
Nomlari
Tarixi
1982-yilda hali juda yosh sanoat shahri boʻlgan Muborakda korxonalardan birining oʻsha paytdagi rahbari Bahrom Vafoyevning saʼy-harakatlari bilan futbol klubi tashkil etildi. 1-mavsumda Muborak jamoasi viloyat birinchiligi gʻolibi boʻldi va „
Fakel “ Sovet respublika chempionatida qatnashishga yoʻllanma oldi. 1992-yilda SSSR parchalanganidan keyin „Mash’al“ mustaqil Oʻzbekiston chempionatida oʻynay boshlaydi. 1994-yilda Birinchi ligada 1-oʻrinni egallab, Oliy ligaga chiqish huquqini qoʻlga kiritgan hamda 1995-1996, 2002-2012 va 2014—2017-yillarda oʻynagan. 2005-yilda kumush, 2007-yilda esa Oliy liganing bronza medali sohibiga aylandi. 2006-yili Oʻzbekiston kubogi finaliga qadar yetib borgan va Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgan. 2014 va 2015-yillardagi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi kubogi sohibi va finalchisi hisoblanadi. 2017-yilgi mavsumda „Mash’al“ 16 ta klub orasida 7-oʻrinni egalladi. Shu yilning oʻzida jamoa Oliy ligada oʻzizning 200-gʻalabasini nishonladi. Ammo, bir qator sabablarga koʻra Oʻzbekiston Superligasida (2018-yilgacha u Oliy liga deb atalgan) ishtirok etish uchun klub oʻyinga qoʻyilmagani uchun 2018-yilgi mavsumda mamlakat futbol divizionida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda (bundan oldin u Birinchi liga deb atagan) boʻlgan Oʻzbekiston Pro-Ligasida oʻynagan. 2018 va 2019-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasida toʻp surgan „gazchilar“ jamoasi 2019-yilgi mavsum yakunida Asror Aliqulov boshchiligida Pro liga gʻolibli boʻlib, Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 2023-yil 26-iyulda jamoaning ramzi, klub logosi oʻzgardi va jamoaga Oʻzbekiston milliy banki homiylik qilishi maʼlum boʻldi.
=== Mahalliy musobaqalar tarixi ===
Pro liga 2022—2023-yilgi mavsum
2022—2023-yilgi mavsumni Mashaʼl jamoasi pro liga bahlarida ishtirok etish bilan boshlagan. 15-mart kuni boʻlib oʻtgan pro liganing birinchi tur bahsida Maʼshal jamoasi vakillari Samarqandning Dinamo klubini qabul qilishgan. Oʻyin Samarqandliklarning 3-1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan. Pro liganing 22-mart kuni boʻlib oʻtgan ikkinchi tur bahsida Qoʻqon 1912 jamosi mehmoni boʻlgan Qashqadaryo klubi 1-0 hisobida imkoniyatni boy berishgan. 30-mart kuni boʻlib oʻtgan Pro liganing uchinchi tur bahsida Maʼshal jamoasi Gʻijduvon jamoasini qabul qilib 3-1 hisobida gʻalaba qozonishgan. Mash’al jamoasining Pro ligadagi beshinchi tur bahsi klubning kubokdagi ishtiroki tyfayli boshqa kunga qoldirilgan. 21-aprel kuni pro liganing oltinchi tur bahsida Yunired jamoasini qabul qilgan Maʼshal jamoasi vakillari 2-1 hisobida gʻalaba qozonishgan. 27-aprel kuni boʻlib oʻtgan Pro liganing yettinchi tur bahsida Mash’al jamoasi Navbahor-farm klubi mehmoni boʻlishgan, oʻyin 2-2 hisobuidagi durang bilan yakunlangan. 9-may kuni Pro liganing toʻqqiznchi tur bahsida Maʼshal jamoasi Andijon-SGS jamoasini qabul qilib 3-0 hisobida gaʼlaba qozonishgan. Pro liganing toʻqqiznchi turi doirasida Maʼshal jamoasi toshkentning Lokomotiv jamoasi mehmoni boʻlishgan, oʻyin 0-0 hisobidagi nursiz durrang bilan yakunlangan. 24-may kuni Pro liganing qoldirilgan toʻrtinchi tur bahsi oʻtkzilgan. Shoʻrtan jamoasi bilan kuch sinashgan Maʼashal jamoasi vakillari 2-0 hisobida mag\lubiyatga uchrashgan. 28-may kuni Pro liganing oʻninchi tur bahsi doirasida Maʼshal jamoasi Aral jamoasini qabul qilib 2-0 hisobida zafar quchishgan.
Oʻzbekiston kubogi bahslari 2023
Futbol boʻyicha oʻzbekiston kubogi bahslarini Qashqadaryoning mash’al klubi vakillari B guruhida Surxondaryoning Surxon jamoasiga qarshi nursiz durrang bilan yakunlangan bahs orqali boshlashgan. Oʻyin 5-aprel Surxon markaziy oʻyingohida oʻtkazilgan. Oʻzbeksiton kubogi doirasidagi ikkinchi uchrashuvni Mash’al futbolchilari oʻzlarining uy stadiono hisoblanadigan Bahrom Vafoyev nomli stadionda 2-may Qoʻqon-1912 jamoasiga qarshi oʻtkazishgan. Oʻyinda Qashqadaryo jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozonishgan. Oʻzbekiston kubogi bahlarining uchunchi turida Mash’al futbol klubi Qashqadaryoning boshqa nomdor klubi hisoblanmish Nasaf jamoasi bilan bahs olib borgan. 2-iyun kuni oʻtkazilgan bahsda mash’al jamoasi kichik 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Umumiy ochkolor hisobiga koʻra Mash’al jamaosi Oʻzbekiston kubogi bahlarida guruhdan chiqish vazifasini uddalay olmagan. Mash’al jamoasi vakillari Oʻzbekiston kubogining guruh bosqichiga yetib kelgunga qadar Doʻstlik Oltiariqni 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, Gʻijduvon bilan durrang oʻynagan va kubok eshiklarini ochadigan bahsda 4-0 hisobida zafar quchishgan edi.
Yutuqlari
Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasi - 2 Kumush medal sovrindori (2005-yil).
- 3 Bronza medali sovrindori (2007-yil).
Oʻzbekiston kubogi - 2 Finalchi (2006-yil).
Oʻzbekiston chempionati Pro ligasi - 1 Gʻolib — 3 marta (1994, 2013, 2019-yillar).
- 2 2-oʻrin — 3 marta (2000, 2001, 2018-yillar).
Oʻzbekiston PFL kubogi - 1 Gʻolib (2014-yil).
- 2 Finalchi (2015-yil).
OFK musobaqalaridagi ishtiroki
2005-yilgi mavsum yakunida Oʻzbekiston Oliy ligasida sensatsion tarzda ikkinchi oʻrinni egallagan „Mash’al“ 2006-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan birga OFK chempionlar ligasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatini berdi. „Mash’al“ B guruhidan joy oldi va turnir yakuniga muvofiq guruhdagi uchinchi oʻrin bilan turnirdagi ishtirokini yakunladi. 2006-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki „Mash’al“ning hozircha xalqaro turnirlardagi yagona ishtirokidir.
Stadion
"
Mash’al " oʻz uy uchrashuvlarini Muborakdagi 10 000 tomoshabinga moʻljallangan „Bahrom Vafoev“ nomidagi stadionda oʻtkazadi. U klub faoliyatining dastlabki yillarida (1980-yillar boshida) Bahrom Vafoyev tashabbusi bilan qurilgan.
Uning qurilishiga koʻplab homiylar jalb qilingan, jumladan, Muborak gazni qayta ishlash zavodi. Keyinchalik u bir necha bor rekonstruksiya qilingan.
Qashqadaryo derbisi
„Mash’al“ futbol qarama-qarshiligi boʻlgan „Qashqadaryo derbisi“ning uch ishtirokchisidan biri hisoblanadi. Yaqin vaqtgacha Oʻzbekistonning Qashqaryo viloyatidan mamlakat chempionati Oliy ligasida birdaniga 3 ta shaharning 3 ta klubi: Qarshidan „Nasaf“, Muborakdan „Mash’al“ va Gʻuzordan „Shoʻrtan“ ishtirok etgan.
2018-yildan buyon oliy divizionda faqat "Nasaf" oʻynab kelayotganiga, shu bilan birga 2 ta jamoa quyi ligada toʻp surayotganiga qaramay, ular oʻrtasidagi oʻyinlar „Qashqadaryo derbisi“ maqomiga ega, bu nafaqat Qashqadaryoda, balki butun Oʻzbekistonda qiziqish uygʻotmoqda.
Joriy tarkib
2022-yilgi mavsum uchun asosiy tarkib[22].
Mashhur futbolchilari
Sobiq SSSR davlatlari
Yevropa
Afrika
Janubiy Amerika
Bosh murabbiylari
Rasman 2023-yildan boshlab 2019-yilda jamoani boshqargan va Mash'alni Superliga bahslariga qaytargan O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Asror Aliqulov jamoaga yana murabbiy sifatida tayinlangan.
Jamoaning Farm klubi
"Mash’al-2" jamoasi klubning farm jamoasi hisoblanib, klubda muborakliklarning akademiyasi tarbiyalanuvchilari toʻp suradi. Jamoa Oʻzbekiston ikkinchi darajali ligasining oʻn bir mavsumi ishtirokchisi va shu bilan birgalikda mamlakatdagi eng kuchli akademiyalardan biri hisoblanadi.. Mash'al-2 jamosi vakillari Muborakning 1-raqamli jamoasi bilan tengma teng ravishda mashg'ulotlarda qatnashib kelmoqda. Bugungi kunda jamoa ikkinchi divizion chempionatida qatnashib o'z omadini sinab ko'rmoqda.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org