Masaru Ibuka




Masaru Ibuka ( 1908-yil 11-aprel - 1997-yil 19-dekabr) yaponiyalik elektronika muhandisi, Sony kompaniyasi asoschilaridan biri.

Yoshlik davri



Masaru Ibuka 1908-yil 11-aprelda tavallud topgan. U Tasuku Ibukaning birinchi oʻgʻli edi.Ularning Yae Ibuka va Ibuka Kajinosuke bilan qarindoshlik aloqalari boʻlgan. Masaru ikki yoshida otasidan ayrilgan va bobosi qoʻliga oʻtgan. Keyinchalik, onasi boshqa turmushga chiqqanidan keyin Kobega koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan. U Xyogo prefekturasidagi 1-Kobe oʻgʻil bolalar maktabi (hozirgi Xyogo prefekturasi Kobe oʻrta maktabi)da taʼlim olgan.

Faoliyati



Masaru 1933-yilda Vaseda universitetini tugatgandan soʻng, kinofilmlarni qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi Foto-kimyoviy laboratoriyada ishlagan. Ikkinchi Jahon urushi boshlanganda esa, Yaponiya Imperatori dengiz flotida xizmat qilgan.U yerda u Imperator dengiz floti urush davri tadqiqot qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.1945-yil sentyabr oyida u dengiz flotini tark etgan va Tokioning Nihonboshi shahrida bombardimon qilingan Shirokiya doʻkonida radio taʼmirlash ustaxonasiga asos solgan.

1946-yilda urush davri tadqiqotchisi Akio Morita gazetada Ibukaning yangi tashabbusi haqidagi maqolani koʻrib, u bilan aloqa qila boshlaydi. Koʻp davom etmagan yozishmalardan soʻng Akio Morita Tokioda Ibuka bilan birga ishlashga kelishadi. Moritaning otasi tomonidan moliyalashtirilgan holda, ular 1958-yilda Sony korporatsiyasi nomi bilan mashhur boʻlgan Tokio Telekomunikatsiya Muhandisligi korporatsiyasiga asos solishadi. Ibuka 1950-yillarda Bell Labsdan Sonyga tranzistor texnologiyasini olib kelishda muhim rol oʻynadi, shu tariqa Sony tranzistor texnologiyasini harbiy boʻlmagan maqsadlarda qoʻllagan birinchi kompaniyalardan biriga aylandi. U shuningdek, 1967-yilda Sony kompaniyasining Trinitron rangli televizorini ishlab chiqqan tadqiqot guruhini boshqargan. Ibuka 1950-yildan 1971-yilgacha Sony kompaniyasi prezidenti boʻlib ishlagan, 1971-yildan 1976-yil nafaqaga chiqqunga qadar Sony kompaniyasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Yutuqlari



Orden va medallari:



1960-yil Moviy lentali „Shon-sharaf“ medali

1978-yil "Muqaddas xazina " ordeni

1986-yil "Chiqayotgan quyosh " ordeni

1986-yil Shvetsiyaning „Qutb yulduzi“ qirollik ordeni birinchi darajali qoʻmondon unvoni

1989-yil „Madaniy xizmat koʻrsatgan shaxs“ unvoni

1992-yilda „Madaniyat“ ordeni

Ilmiy unvonlar



Ibuka yana shuningdek, quyidagi ilmiy unvonlarni ham olgan:

1976-yil Tokiodagi Sofiya universiteti faxriy doktori unvoni

1979-yil Tokiodagi Vaseda universiteti faxriy doktori unvoni

1994-yil Braun universiteti (AQSh) faxriy doktori

1972-yil IEEE asoschilari medali

1987-yil IEEE Masaru Ibuka Consumer Electronics mukofoti

Ibuka Nippon skautlari milliy boshqaruv kengashi raisi boʻlib ham ishlagan. 1991-yilda Jahon Skaut Harakati Tashkiloti uni " Bronza boʻri " medali bilan taqdirlagan. 1989-yilda u Yaponiya Skautlar Assotsiatsiyasining eng yuqori unvoni - „Oltin qirgʻovul“ mukofotini ham qoʻlga kiritgan.

Boshqa mukofotlar:



1964-yil Yaponiya elektrotexnika aloqasi muhandislari institutining “Buyuk xizmatlari uchun” mukofoti

1981-yil Aspen gumanistik tadqiqotlar institutining „Gumanizm va texnologiya“ mukofoti

1986-yil Germaniya Eduard Reyn jamgʻarmasining „Eduard Reyn Faxriy uzuk“ mukofoti

1989-yil Taʼlim vazirligi tomonidan „Madaniy xizmatlari uchun“ mukofoti

1991-yil Prezident mukofoti va Illinoys universiteti medali

Ibuka, shuningdek, „Uchdan keyin kech“ (1971) kitobining muallifi boʻlib, unda u insonning eng muhim bilimlari tugʻilishdan 3 yoshgacha sodir boʻlishini taʼkidlaydi va bundan foydalanish yoʻllari va usullarini taklif qiladi.  Kitobning soʻzboshi Inson salohiyatiga erishish institutlari asoschisi Glenn Doman tomonidan yozilgan.

Oʻlimi



Ibuka 1997-yil 19-dekabrda 89 yoshida yurak yetishmovchiligi kasalligidan vafot etdi. Uning davomchisi sifatida bir oʻgʻil va ikki qizi qolgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz