Masanchi (qishloq)




Masanchi (qozoqcha: Масанчи) — Qozogʻiston Respublikasining Jambul viloyati, Qorday tumaniga qarashli qishloq. Masanchi qishloq okrugining maʼmuriy markazi. U Qirgʻiziston bilan chegarada, viloyatning maʼmuriy markazi Qorday qishlogʻidan taxminan 46 km janubi-sharqda joylashgan. KATO kodi — 314847100.

Aholisi



1999-yilda qishloq aholisi 8926 kishini (4527 erkak va 4399 ayol) tashkil qilgan.
2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqda 13606 kishi (6914 erkak va 6692 ayol) yashagan.
Hozirda aholi soni 20 ming kishiga yetgan.
Masanchida — 90% dunganlar, 5% qozoqlar, 5% ruslar istiqomat qiladi.

Tarixi



U 1878-yilda Dungan qishlogʻi Yinpan oʻrnida tashkil etilgan. 1965-yilgacha Qorakoʻniz yoki Qorakunuz deb atalgan.

Dungan



Qishloq Oʻrta Osiyo, jumladan, qozoqlar, dunganlarning oʻziga xos „poytaxti“ hisoblanadi. Dungan xalqi tarixi muzeyi Masanchi qishlogʻidagi Madaniyat uyida joylashgan. Har yili Sortoʻbe qishlogʻida boʻlgani kabi bu yerda ham „Dungan etnosi kuni“ bayrami nishonlanadi. Qozogʻiston dunganlar uyushmasi (ADK) koʻmagida qishloqda Biyanx haykali ochilgan.

Mojaro



2020-yil 7-fevral kuni Jambul viloyati, Qorday tumani, Masanchi qishlogʻida igʻvo va millatlararo nizolarni qoʻzgʻatish oqibatida qirgʻin sodir boʻlib, undan asosan dungan millatiga mansub odamlar jabr koʻradi. Ikki oddiy odam oʻrtasida sodir boʻlgan otishma tufayli mojaro oʻgʻirlik va Masanchi qishlogʻiga hujumga aylanib ketadi. Muammo imkon qadar tezroq hal qilinadi. Har ikki tomon bilan ushbu favqulodda holatga qarshi kurashish boʻyicha maxsus komissiya tuzilib, profilaktik suhbat oʻtkaziladi.
Oʻz yaqinlarini himoya qilish uchun chiqqan 11 dungan halok boʻlgan, 40 kishi yaralangan, 30 ta uy va 23 ta mashina yonib ketgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz