Masad surasi




Masad surasi (arabcha: سورة المسد, nomining maʼnosi — Pishiq tola[8][9]) — Qurʼonning 111-surasi. Makkiy suralardan biri, 5 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 603-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 6-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi



Ushbu surada Paygʻambarimiz amakilaridan biri, ashaddiy kofir Abu Lahab va uning betavfiq xotini Ummu Jamilning jazolanishlari, har ikki dunyodagi tortadigan azob-uqubatlari haqida hikoya qilinadi.

Tafsiri[11]



Bu surai karimaga o'zining oxirgi Masad so'zi nom bo'lib qolgan. Suraning ikkinchi ismi Lahabdir. Ko'pchilik birinchi ibora- «tabbat yadaa» bilan xam ataydi. Masad so'zining ma'nosi «arqon»dir. Surada Abu Laxabning xotini bo’ynida arkon ila duzaxga kirishi ta'kidlangan. Ushbu suraning qahramoni Abu Lahabning asli ismi Abdul Uzzo ibn Abdulmuttolib bo'lib, ikki yonog'i olovdek qizarib turgani uchun Abu Lahab degan kunya olgan edi. Alloh taolo Yaqin qarindoshlaringni ogohlantir, degan oyatni tushirganda, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Safo tepaligiga chiqib, baland ovoz bilan: «Ey, Quraysh jamoasi!— deb nido

qildilar. Shunda ular to'planishdi. Ul zot ularga qarab: «Agar sizlarga hozir vodiyda otliqlar ustingizga bostirib kelishga tayyor turibdilar, desam, ishonasizlarmi ?– dedilar. To'planganlar: «Ishonamiz, sening yolg'on gapirganingni hech ko’rmaganmiz», deyishdi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: Albatta, men sizlarga shiddatli azobdan qo'rqituvchi (Payg'am-bar) bo'lib keldim, dedilar. Shunda Abu Lahab; «Xalok bo'lgur, bizni shunga yig'dingmi, degandan so'ng Alloh, taolo Masad surasini nozil qilgan. Abu Lahab Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning amakilari va eng ashaddiy dushmanlaridir. U boyligi g'ururga ketkazgan sinf vakili: ular o'zlariga vazifa yuklatuvchi barcha harakat va tuzumlarga qarshi chiqishaveradi. "Abu Lahabning xotini Ummi Jamil ham Islomning ashaddiy dushmanlaridan biri bo'lib, Payg'ambar alayhissalom haqida turli bo'hton va tuhmatlar tarqatib yurardi. U ham chaqimchilik, g'iybat-

chilikka o'ch, fitnachi ayollar toifasining vakilasi.

Sura haqidagi hadislar



Manbalar




MASAD SURASI

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz