Maryam Yoqubova (oʻqituvchi)




Maryam Yoqubova (1931-yil 12-may, Urganch, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek oʻqituvchisi.

Maryam Yoqubova 1931-yil 12-mayda Urganch shahrida tugʻilgan. 1938—1948-yillarda Urganchdagi 1-oʻrta maktabda tahsil olgan. 1948—1952-yillarda Xorazm davlat pedagogika institutini matematika, fizika oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tugatib, oʻz shahridagi 1-maktabga ishlash uchun qaytib keldi. Bu maktabda 1958-yilgacha matematika-fizika oʻqituvchisi boʻlib ishlay boshlagan. 1958-yilda Urganch shahar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri etib tayinlandi va bu lavozimda 1962-yiilgacha ishlagan. 1962—1992-yillarda Urganch shahar 94-sonli sogʻlomlashtirish internat maktabining direktori boʻlib ishlagan. Maryam Yoqubova direktorlik qilgan internat maktab respublikadagi namunaviy ta’lim-tarbiya maskanlaridan biriga aylandi.

Maryam Yoqubova oʻz faoliyati davomida xalq taʼlimi sohasidagi xizmatlari uchun koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan. 1958-yilda Oʻzbekiston Xalq taʼlimi aʼlochisi, 1959-yilda Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi, 1960-yilda Hurmat belgisi ordeni, 1966-yilda esa Lenin ordeni bilan taqdirlangan. 1970-yilda Maryam Yoqubova yubiley medal, 1978-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi unvoniga sazovor boʻlgan. 1986-yilda SSSR xalq oʻqituvchisi unvoni, 1991-yilda „Oʻzbekiston Mustaqilligi“ esdalik nishoni, 2016-yilda esa „Oʻzbekiston Mustaqilligining 25 yilligi“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Yana taʼlimdagi yutuqlari uchun Maryam Yoqubova Oʻzbekiston SSR Prezidiumi ordeni va boshqa ordenlar bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz