Maryam Sultonmurodova




Maryam Sultonmurodova  – 1905-yil 13-fevralda Xorazm viloyati Xiva shahrida tugʻilgan. Germaniyada 1922-1928 yillarda taʼlim olganidan soʻng uni „Turkiston“ josuslik tashkiltining aʼzosi deb uni Jinoyat kodeksining 60 va 67 moddalari bilan ayblaydilar va qamoqqa oladilar. Biroq u hech qanday tashkilotga azo emasligini soʻroq jarayonida aytadi va uni ozod qiladilar. Biroq bu jarayon koʻpga bormaydi. 1949-yil 30-martda qayta qamoqqa olinadi va Oʻzbekiston SSR Jinoyat kodeksininig 57-moddasi 1-bandi, 67 moddalari bilan aybdor deb topilib Krasnoyarsk oʻlkasiga surgun qilinadi. Maryam Sultonmurodova SSSR Oliy Sudi tomonidan 1957-yil 2-avgustda oqlandi. Ammo oqlanganidan keyin ham taʼqiblar davom etdi. 1971-yilda vafot etgan.

Oila azolari



Otasi Jumaniyoz Sultonmurodov

Aka-ukalari; Bolta, Qurbonboy, Roʻzmat, Nazar

Oʻqish davri



Urganchdagi besh yillik noʻgʻay maktabi (1911);



Maryam 7-8 yoshida Urganch va Toʻrtkoʻldagi yangi usuldagi tatar maktabida oʻqiy boshlaydi. Uning otasi Jumaniyoz aka

oʻz davriga yarasha ancha ziyoli va „Yosh xivaliklar“ ma’rifatchilik va islohotchilik harakatiga ruhan yaqin edi.

Shuning uchun ham u qizlarini yangi maktablarda oʻqitish, ilm-ma’rifatli qilishni orzu qilgan. Shu sabab boʻlsa kerak, Qizi Maryamni bu yerdagi maktabni tugatganidan soʻng 1919 yilda Toshkentga, oʻqituvchilarni tayyorlovchi tatar maorif institutiga yuborgan.

Toshkent gimnaziya maorif maktabi(1919);
Maryam bu yerda ikki yil oʻqigach, tirishqoq va ilmga chanqoq boʻlgani uchun 1920 yilning oxiri yo 1921 yilning boshlarida
Orenburg shahriga kelib, u yerdagi mаоrif institutidа oʻqishni davom ettirgan.

Orenburgdagi tatar pedagogika instituti (1920-1921);[tahrir | manbasini tahrirlash]
Berlin universiteti qoshidagi 6 oylik tayyorlov kursi (1922-1923);[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maryam 1922 yilning kuzida qandaydir sabab bilan Toshkentga qaytadi. Turkistоn rеspublikаsi rahbarlari:

„Bizning oldimizda Yevropa fan-texnikasiga quvib etish va undan oʻzib ketish vazifasi turipdi“. degan balandparvoz

soʻzlar bilan uni Germaniyaga oʻqishga yuboradilar.

Maryam 1922-1923 yillarda Berlindagi nemis xonadonida yashab, Berlin universiteti qoshidagi 6 oylik nemis tili kursini tugatadi.

Berlindagi nemis xonadonida Darmshtadt oliy seminariyasi (1926-1927);

1924 yili Darmshtadtga borib, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yoshlar bilan birga oʻlkamizning ma’rifati va madaniyatini rivojlantirishga hissa qoʻshaman, degan niyat bilan oʻqituvchilar seminariysida oʻqiydi. 1927 yili Berlinga kelib, bir yil davomida amaliy mashgʻulotda boʻladi. 1928 yilda oʻqishni tugatib, SSSrga qaytib keladi. U dastlab Toshkentning eski shaharidagi kommunistik universitetda oʻguv boʻlimi mudiri, soʻng 1935 yildan „Guliston“ jurnalida Sobira Xoldorova, Tojixon

Shodieva, Saodat SHamsieva kabi oʻsha davrning ilgʻor oʻzbek xotin-qiz jurnalistlari bilan birga ishlay boshlaydi.

Faoliyati



1937 yil kuzida u toʻsatdan „nemis josusi“, „fashizm tarafdori“ sifatida ayblanib, 10 yil qamoq jazosiga hukm etildi. 1947 yilda qamoq jazosini tugatib, Xorazmga qaytganda ham uzoq yurmay, 1949 yili yana qamaldi. Bu safar endi uni Berlinda

boʻlgan vaqtida u yerdagi qandaydir «Оzоd Turkistоn» aksilinqilobiy-millatchilik tashkiloti bilan aloqada boʻlgan, dugonasi Xayriniso Majidxonova bilan Parijga borganida sovet davlatining dushmani Mustаfо Cho'qаеv bilan uchrashgan, Toshkentda ishlaganida esa matbuotda millatchilik fikrlarini oʻtkazgan, germaniyalik professor England bilan josuslik maqsadida aloqa oʻrnatgan kabi ayblar yuzasidan soʻroq qilinadi. Maryam Sultonmurodovaning Stalin vafotidan keyin 1956 yil 10 mayda SSSR bosh prokurori nomiga yozgan bu arizasidan soʻng ham hushyor sovet qonunchilari uni oqlashga

shoshilmadilar. Mazkur arizadan keyin qariyb 4 oycha oʻtgach, 1956 yil 13 sentyabrda Oʻzbekiston SSR ministrlar soveti

qoshidagi davlat Xavfsizlik qoʻmitasining Xorazm viloyati boʻyicha maxsus tergovchisi mayor Kruglishev hech narsani

bilmagan va koʻrmagan kishiday Maryam Sultonmurodovani guvoh sifatida soʻroqqa chaqiradi. SSSR Oliy sudi harbiy

kollegiyasining adliya polkovnigi Lixachev raisligidagi hay’atining 1957 yil 2 avgustdagi majlisida "Yorqin turmush » jurnalining sobiq adabiy xodimasi Maryam Sultonmurodova ishi koʻrilib, uning oqlanganligi eʼlon qilinadi. Unda bunday yozilgan: Adolat qisman boʻlsa-da tiklandi Maryam Sultonmurodova umrining oxirlarida yuqoridagi bir parcha qogʻozni ham oladi. Ona shahri Urganchda yashab, ishlay boshlaydi. 1971-yili vafot etgan.

Yozgan hikoyalari



Rahmat desinlar;

Majnuntol;

Qalbim nidosi;

Mehr koʻzda;

Karvonlar kelganda;

Kutilmagan baxt;

Betamiz yigit.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz