Maryam Mirzaxoniy




Maryam Mirzaxoniy (forscha: مریم میرزاخانی) (12-may 1977-yil — 14-iyul 2017-yil) — eronlik va amerikalik matematik. Teichmüller teoriyasi, giperbolalar geomeriyasi, ergodik teoriya hamda simplektik geometriya sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 2014-yilda Mirzaxoniy Fields medali bilan taqdirlangan ilk ayol matematik va birinchi eronlik matematikka boʻldi.

Mirzaxoniy oʻrta maʼlumotni Eronning Isteʼdodlarni rivojlantirish milliy tashkiloti qoshidagi qizlar uchun moʻljallangan maxsus maktablardan biri boʻlmish Tehron Farzanegan maktabida olgan. 1994–1995-yillarda Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 1999-yilda Tehrondagi Sharif texnologiya universitetini tamomlagan.

Mirzaxoniy 1999-yildan AQShda yashay boshlagan. 2004-yilda u Harvard universitetidan PhD darajasini olgan. Soʻngra Princeton universitetida dars bergan. 2008-yildan to oʻlimiga qadar Stanford universitetida matematika professori boʻlib ishlagan. Mirzaxoniy 2017-yil iyul oyida Stanford universiteti tibbiyot markazida koʻkrak saratoni tufayli vafot etdi. Unga ushbu kasallik tashxisi ilk marotaba 2013-yilda qoʻyilgan edi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz