Mary Stewart
Mary Lady Stewart (1916-yil 17-sentyabr – 2014-yil 9-may) – britaniyalik yozuvchi, bir qator sarguzasht romanlar muallifi.
Taʼlimi
Mary Florence 1916-yil 17-sentabrda tugʻilgan. Boshlangʻich maktab oʻqituvchisi Mary Edith Matthew va Frederick Albert Rainbowlarning qizi boʻlgan.
Mary 8 yoshida Penrit shahridagi Eden Hall maktab-internatida oʻqigan, U yerdagi bosimlar, haqoratlar unga doimiy taʼsir qilgani sabab maktabini oʻzgartirgan. Yorkshirdagi Ripon shahridagi Skellfeild maktabi unga muvafaqqiyat keltirdi. Shu maktabda stipendiya yutib oldi. Maryga Oksford, Kembrij va Durham universitetlari tomonidan talabalikka takliflar tushgan va u Durhamni tanlagan. 1938-yilda Durham universitetini ingliz tili yoʻnalishida birinchi darajali aʼlo baholar bilan tugatdi, keyingi yilda ingliz tilidan birinchi darajali oʻqituvchilik diplomi bilan taqdirlandi. 1941-yilda aaynan shu yoʻnalishda magistrlik darajasini olgan.
Ijodiy faoliyati
Stewartning koʻplab tarixiy va fantastik romanlari eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatidan oʻrin egallagan. Yozuvchining kichik hikoyalari ham tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan. Romanlari Angliyada, shuningdek, Damashq va Yunoniston orollari, Ispaniya, Fransiya, Avstriya kabi mamlakatlarda ham chop etilgan.
U 1950-yillarning oxiridan 1980-yillargacha mashhurlik choʻqqisida boʻlgan. Aynan shu yillari koʻplab romanlari boshqa tillarga tarjima qilingan. Yozuvchining eng mashhur romanlaridan biri boʻlgan „The moon-Spinners“ film qilib sahnalashtirilgan. Stewart ishqiy romanlarni tasvirlashda, romantik janrnlarni yoritib berishda eng koʻzga koʻringan yozuvchilardan biri edi. Tanqidchilar tomonidan uning asarlariga Victoria Holt va Phyllis Whitney kabi mashhur romantik yozuvchilarning asarlaridan ustun deb baho berilgan.
Shaxsiy hayoti
Mary Rainbow geologiya fanlari oʻqituvchisi Frederik Styuartga turmushga chiqdi, ikkalasi ham Durham universitetida ishlagan edilar. The Times gazetasida ularning nikohi eʼlon qilindi. 30 yoshida Maryga farzand koʻra olmaslik tashxisi qoʻyildi.
1956-yilda ular oilaviy Edinburgga koʻchib oʻtdilar, u yerda Mary geologiya va mineralogiya fanlari professori, keyinchalik Edinburg universitetining geologiya kafedrasi raisi boʻldi.
1974 yilda uning turmush oʻrtogʻi Frederick Stewart ritsar unvoniga sazovor boʻldi hamda u Lady Stewartga aylandi, Lekin u hech qachon bu unvondan foydalanmagan. Frederick Stewart 2001-yilda vafot etgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org