Mary Poppins (film)




Mary Poppins 1964-yilda ekranlarga chiqarilgan fentezi janridagi musiqiy filmdir. Filmga Robert Stevenson rejissorlik qilgan. Film gʻoyasi P. L. Travers qalamiga mansub „Mary Poppins“ nomli ertak-qissalar toʻplamiga asoslangan.

Mary Poppins filmi 1964-yilning 27-avgustida chiqarilgan. Kinotanqidchilar tomonidan xush qarshilangan. 13 nominatsiyada Oscarga nomzod qilib koʻrsatilgan; ularning beshtasida gʻolib boʻlgan. Umumjahon boʻylab $103.1 million daromad qilgan.

Film sikveli boʻlmish Mary Poppins Returns kinokartinasi 2018-yilning 19-dekabrida omma eʼtiboriga havola etilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz