Mary Pat Gleason
Mary Patrick Gleason (1950-yil 23-fevral, Minnesota — 2020-yil 2-iyun, California) — amerikalik kino va televideniye aktrisasi, Emmy mukofoti sovrindorini qoʻlgan kiritgan sobiq yozuvchi. 1983-yildan 1985-yilgacha kunduzgi serial Guiding Lightda (ssenariysini oʻzi yozgan) Jane Hogan rolini oʻyngan
Hayoti va faoliyati
Gleason Minnesota shtatining Lake City shahrida Mary Elizabeth (Kane) va Harold Clifford Gleasonning qizi sifatida tugʻilgan. Minnesota shtatidagi Sent Paul shahridagi oʻrta maktabda tahsil olgan yillarida yosh aktrisa St. Paul teatrida qoʻyilgan spektakl Once Upon a Mattressda rol oʻynagan. U 50 dan ortiq badiiy filmlarda jumladan, I Now Pronounce You Chuck & Larry, Basic Instinct, Traffic, Bruce Almighty, 13 Going on 30, The Crucible, Bottle Shock, A Cinderella Story, The Island, Killing Kennedy hamda Nina kabi filmlarda suratga tushgan.
Yozuvchilik
Aktyorlikdan tashqari, Glison Guiding Light uchun ham ssenariy yozgan hamda kunduzgi drama seriallar muallifligi uchun 1986-yilda Emmy mukofotini qoʻlga kiritgan jamoaning bir qismi boʻlgan.
Gleason ruhiy salomatlikni davolashning ovozli tarafdoriga aylandi va 2006-yilda uning bipolyar buzuqlik bilan kurashi haqida bir ayol ishtirokidagi Stopping Traffic pyessasini yozgan va ushbu sahna koʻrinishida rol oʻynagan. Ushbu pyessa Mayo klinikasining ruhiy salomatlik dasturlari uchun oʻquv qoʻllanmasi sifatida ishlatiladi.
Oʻlimi
Gleason 2020-yil 2-iyun kuni 70 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan.
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org