Mary Kramer




Mary E. Kramer (1935-yil 14-iyunda tugʻilgan) — sobiq Respublikachi Ayova shtati senatori, 1990-yildan 2003-yilgacha xizmat qilgan. U 1997-yilda Senat prezidenti etib saylangan va bu lavozimni egallagan birinchi mustaqil ayol boʻlgan. 2003-yilda Kramer prezident George Bush tomonidan AQShning Barbados va Sharqiy Karib havzasidagi elchisi lavozimiga tayinlangan, u Qoʻshma Shtatlar Senati tomonidan tasdiqlangan va 2004--yildan 2006-yilgacha xizmat qilgan.

Hayoti



Mary Kramer Ayova shtatining Burlington shahrida tugʻilgan va Ayova shahrida oʻsgan. U Ayova universitetida pianino ijrochiligi boʻyicha sanʼat bakalavri shuningdek, Ayova universitetida taʼlim boʻyicha magistri darajasiga ega.

Taxminan yigirma yil davomida Kramer Ayova shtatida oʻqituvchi va maktab maʼmuri boʻlib ishlagan. 1975-yilda u korporativ sektorga kirib, Younkers, Inc. korporativ kadrlar direktori boʻldi. U 1981-yilda Wellmark Blue Cross va Blue Shield kompaniyasiga qoʻshildi va kompaniyadagi oʻn sakkiz yil davomida HR (Human resourse) boʻyicha vitse-prezident va jamoat investitsiyalari boʻyicha vitse-prezident lavozimlarida ishladi.

Siyosiy martaba



Kramerning siyosiy faoliyati 1990-yilda u Klayv, Des Moyn va Gʻarbiy Des Moynlar vakili sifatida Ayova shtati Senatiga birinchi marta saylanganida boshlangan. Uning alohida qiziqishlari taʼlim, iqtisodiy rivojlanish va sogʻliqni saqlash sohalarida edi.

2002-yilda Prezident George Bush Kramerni Oq uyning Prezident stipendiyalari komissiyasi raisi etib tayinladi va 2003--yilda Prezident uni Sharqiy Karib dengizidagi yetti orol davlatiga Qoʻshma Shtatlar elchisi etib tayinladi. Kramer oxirgi lavozimni 2004-yildan 2006-yilda nafaqaga chiqqunga qadar egallab kelgan.

Shaxsiy hayoti



Kramer va uning marhum eri Kay Kramer 1958-yilda turmush qurishdi. Ularning bir oʻgʻil, bir qizi, toʻrt nabirasi bor. Kay Kramer 2018-yil noyabr oyida vafot etdi.

Kramer jamoat ishlarida faol qolmoqda va hozirda siyosatdagi tajribalari haqida xotiralar ustida ishlamoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz