Mary Gu




Mariya Vyacheslavovna Gusarova (turmushga chiqqandan keyin Bogoyavlenskaya ; 1993-yil 17-avgust, Poxvistnevo, Samara viloyati, Rossiya) — Mary Gu (ruscha: Мэри Гу) nomi bilan taniqli rossiyalik qoʻshiqchi, shoira va bloger.

Biografiyasi



Mariya Gusarova 1993-yil 17-avgustda Samara viloyatining Poxvistnevo shahrida tugʻilgan. Otasiz oʻsgan. Uning onasi 23 yoshida giyohvand boʻlib qoladi va hatto qizini giyohvand moddalar sotadigan joylarga olib borgan.Mashaning musiqiy isteʼdodi 4 yoki 5 yoshida payo boʻladi. Oʻzining soʻzlariga koʻra, musiqaga qiziqish Celine Dionning Titanik filmidagi qoʻshigʻidan boshlangan. Dastlab pianino oʻrganish uchun musiqa maktabiga boradi, keyin esa pop-jazz vokaliga borgan. Mariya 11 yoshga toʻlganda, onasi giyohvand moddalarni saqlaganlik va sotganligi uchun qamoqqa hukm qilinadi. Qizni buvisi oʻz qaromogʻiga oladi. Onasi keyingi 18 yilni turmada oʻtkazadi va vaqti-vaqti bilan qisqa muddatlarga ozod qilingan. Maktabni tugatgandan soʻng Masha Samaraga koʻchib oʻtadi, u yerda Samara davlat madaniyat institutiga oʻqishga kirdi, 4 yildan soʻng uni tugatadi. Mary Gu nomii ostida mashhur qoʻshiqlarning kaverlarini Internetga joylashtirib, bu orqali maʼlum darajada mashhurlikka erishadi. Bundan tashqari, oʻzining qoʻshiqlarini ham kuylab, internetga joylagan. Mariya "Golos " telekoʻrsatuvining tinglovlarida qatnashgan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Mariya LSPning „Bezumiye“ qoʻshigʻiga kuylagan kaveri orqali kengroq tanila boshlandi. 2017-yil boshida Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtdi. 2018-yilda Mariya „Grustniy motiv“ deb nomlangan debyut mini-albomini chiqaradi va albom 4 ta qoʻshiqdan: „Grustniy motiv“, „Dikaya“, „Zdravstvuy“, „Ya melodiya“ iborat boʻlgan. Oʻsha yilning 27-sentyabrida Mary Guning „Ay-Petri“ debyut singli chiqdi. Mariya ushbu qoʻshiqni qoʻshiqchi Seryoja Dragni bilan birga yozgan va ijro etgan. 2020-yil mart oyida Mariya Warner Music Russia leyblida oʻzining „Disney“ debyut albomini chiqaradi. Bosh qoʻshiq uchun videoklip suratga olinadi. 2021-yilda „Ne vlyublyaysya“ singli platina statusini oldi.

Shaxsiy hayoti



2018-yil avgust oyida musiqachi va bloger hamda PR menejeri Dmitriy Bogoyavlenskiyga turmushga chiqadi. 2022-yil 29-aprelda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida er-xotin ajrashish qarorini eʼlon qilishadi, biroq ular doʻstona va ish munosabatlarini saqlab qolishganini maʼlum qilishadi. 2021-yil dekabr oyida xonanda va uning prodyuseri turli yillarda Qrimga tashrif buyurgani uchun 3 yilga Ukrainaga kirish taqiqlangan.

Diskografiyasi



 Studiya albomi




Mini albomlari (EP)




Televideniyada




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz