Mary Bock




Meri Anjela Bok jurnalist va yana qolaversa ushbu soha professori ham. U Ostindagi Texas universitetining Media va jurnalistika fakultetining jurnalistika kafedrasi dotsenti. Vizual aloqa, fuqarolik jurnalistikasi va vakillik sohasida tajribaga ega.

Faoliyati



Bock Dreyk universitetida 1984-yilda aloqa boʻyicha bakalavr darajasini undan soʻng esa 1986-yilda aloqa boʻyicha magistr darajasini olgan. 2009-yilda Bock Pensilvaniya universitetining Annenberg aloqa maktabida doktorlik dissertatsiyasini oldi.

Bock 1982-yildan 1988-yilgacha Ayova shtatining Des Moyn shahridagi KCCI-TVda muxbir va topshiriq muharriri sifatida ishlagan. U 1989-yilda Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahridagi WPVI-TVda 2003-yilgacha dala prodyuseri va topshiriqlar muharriri boʻlib ishlagan. U Kutztown universitetida ishlagan, 2009-yilda nutq va teatr kafedrasida dotsent boʻlgan. U 2012-yilda Kutztaunni tark etdi va Ostin jurnalistika maktabidagi Texas universitetiga qoʻshildi va dotsent boʻldi.

Meri Anjela Bok jurnalistlar uyushmalari, shu jumladan Milliy matbuot fotograflari assotsiatsiyasi, Xalqaro aloqa assotsiatsiyasi (ICA), Milliy aloqa assotsiatsiyasi hamda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya sohasida taʼlim assotsiatsiyasi (AEJMC) bilan bogʻlanishda davom etmoqda. Meri Anjela Bok vizual aloqa shakllarini oʻrganuvchi olimlar tashkiloti — ICA Visual Communication Studies boʻlimi raisining oʻrinbosari boʻladi.

Tadqiqot



Bock 4 ta kitob chop etgan. Uning „Video jurnalistika: bir odam guruhidan tashqari“ kitobida videojurnalistlarning yangiliklardagi roli hamda taʼsirini tushunish uchun videojurnalistlarning intervyulari shu qatorda dala kuzatuvlari ham mavjud. Vizual aloqa nazariyasi tadqiqoti bilan birga turli xil anʼanaviy hamda yangi OAVni koʻrib chiqib, raqamli media va yangiliklarda vizual aloqa tadqiqotlarini muhokama qiladi. „Content Analysis Reader“ kontentni tahlil qilish boʻyicha tadqiqotlar va yana maqolalar toʻplamini oʻz ichiga qamrab oladi. Adolatni ko‘rish bu: Vizual mediada guvohlik, jinoyat va jazo orqali yaratilgan video hamda vizual jurnalistika huquqni muhofaza qilish organlari va OAV o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qiladi. Bockning arxitektor Shohira Faxmi va Ueyn Uanta bilan hamkorlikda yozilgan Vizual aloqa nazariyasi va tadqiqoti: Ommaviy kommunikatsiya istiqboli kitobi Milliy aloqa assotsiatsiyasining 2015-yilgi eng yaxshi kitob mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Bokning Journal of Visual Literacy, Visual Studies, Ayollar bilan aloqada tadqiqotlari, Feministik Media tadqiqotlari, Visual Communication Quarterly, New Media and Society, jurnallarida chop etilgan maqolalari bor. Jurnalistika tadqiqotlari va axborot kommunikatsiyalari va jamiyati.

U Media effektlari xalqaro entsiklopediyasi, Fuqarolik jurnalistikasi: global istiqbollar, vizual tasvirlar va inson huquqlari amaliyotiga hissa qoʻshmoqda.

Bock televideniyeda yangiliklar boshlovchisi sifatida jamoatchilik eʼtiboridagi ayollar uchun goʻzallik standartlari boʻyicha tadqiqotlar olib bordi. Bu esa jurnalistlarning goʻzallik va soch turmagining Oq standartiga rioya qilishini aniqladi, bu gender va irqiy stereotiplarni qoʻllash usuli sifatida ishlatiladi. Bokning tadqiqoti ayol yangiliklar boshlovchilarini erkak hamkasblari bilan solishtirish usullarini va jurnalistlarning #MeToo harakati haqida qanday yozishlarini tahlil qilish uchun ishlatilgan. Ushbu tadqiqot xalqaro eʼtiborni qozondi. Bokning tadqiqotlari asosan vizual jurnalistlar, fotojurnalistika va Amerika sud tizimi ommaviy axborot vositalarida qanday tasvirlanganiga qaratilgan. Boshqa ishlar video texnologiyalar va video jurnalistlarning yangiliklar va uning auditoriyasiga qanday taʼsir qilishini oʻz ichiga oladi. Bockning politsiya kuzatuvi va politsiyani suratga olish amaliyoti haqidagi tadqiqotlari ham ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi. Bock fuqarolar politsiya bilan uchrashish haqidagi hikoyani oʻzgartirish uchun videodan qanday foydalanishlari haqida intervyu berdi.

Ishlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz