Mary Anderson
Meri Bebe Anderson (1918-yil 3-aprel — 2014-yil 6-aprel) amerikalik aktrisa boʻlib, 1939—1965-yillarda 31 ta film va 22 ta televizion spektaklda suratga tushgan. U "Gone With the Wind" filmidagi kichik yordamchi roli hamda Alfred Hitchcockning 1944 yilda suratga olingan "Lifeboat" filmidagi bosh qahramonlardan biri bo'lganligi bilan ham mashhur.
Yoshligi
Anderson Alabama shtatining Birmingem shahrida tug'ilib o'sgan. U Govard kollejida (hozirgi Samford universiteti) tahsil olgan.
Uning ukasi James Anderson (1921—1969) ham aktyor boʻlib, “To Kill a Mockingbird” (1962) filmidagi Bob Ewell nomi bilan tanilgan. Ular birgalikda bitta filmda, 1951-yilda "Hunt the Man Down ishtirok etishgan.
Faoliyati
Ikki rolidan so'ng u Gone With the Wind (1939) filmida o'zining birinchi muhim ekran rolini ijro etadi. search for Scarlett ishtirok etgan 1400 aktrisadan biri sifatida suhbatdan o'tgandan so'ng u Maybelle Merriwether yordamchi rolini oladi.
1944-yilda u Alfred Hitchcockning "Lifeboat" filmidagi o'nta qahramondan biri bo'lgan hamshira Alice rolini o'ynaydi. 1950-yillarning boshlarida kino faoliyatini tugatib, u vaqti-vaqti bilan televizorda chiqishlar qiladi. Masalan, 1964-yilda Peyton Pleysda Catherine Harrington rolida (2-20-qismlar). U Perry Masonda Arlen Skott rolida "The Case of Rolling Bones" (1958) filmida mehmon sifatida ishtirok etadi.
Shaxsiy hayoti
Anderson 1940-yildan 1950-yilgacha Leonard M. Berens bilan turmushda bo'lgan. Uning ikkinchi nikohi 1953-yildan 1974-yilda erining vafotigacha kinematograf Leon Shamroy bilan bo'lgan. Ularning Anderson Alexander Shamroy ismli bitta farzandi bo'lgan. Afsuski, farzanlari 1956-yil 1-iyulda ikki oyligida vafot etadi. Mary Anderson 2014-yil 6-aprelda Californiyaning Burbank shahrida insultdan vafot etadi. U vafot etgan sana 96 yoshga toʻlganidan uch kun oʻtgan payt bo'lgandi. U hospis nazorati ostida va uzoq yillik hamrohi Gordon Karnon bilan bo'lgan Toluka ko'lidagi kvartirada vafot etadi.
Xuddi shu ismli aktrisalar
Uning ismi, ko'pincha, sahna aktrisasi Mary Anderson (1859—1940) yoki ovozsiz kino aktrisasi Mary Anderson (1897—1986) bilan chalkashib ketadi.
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org