Marvin Ducksch




Marvin Duksch (1994-yil 7-martda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bremenning „Verder“ klubi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati



Yoshlikdagi faoliyati



Ducksch toʻrt yoshida futbol oʻynashni boshlagan va 1998-yilda BSV Fortuna Dortmund 58 akademiyasiga oʻqishga kirgan. U yerda dastlab oʻsha paytda klub murabbiyi boʻlgan otasi Klaus Ducksch tomonidan tarbiyalangan. 2002-2003-yilgi mavsumda Ducksch sakkiz yoshida Dortmundning „Borussia“ akademiyasiga qabul qilingan.

Borussia Dortmund



Ducksch Borussia akademiyasining isteʼdodli futbolchilaridan biri edi. 2011-2012-yilgi mavsumning birinchi yarmida Borussia akademiyasining U-19 jamoasi tarkibida jami 26 oʻyin oʻtkazib, 16 ta gol urgan.

2011-2012-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Ducksch Dortmundning ikkinchi darajali jamoasiga koʻtarildi va 2012-yil 28-yanvarda Bayer Leverkusenga qarshi uchrashuvda ilk bor maydonga tushdi. Mintaqaviy ligada „Borussiya Dortmund II“ bilan bir nechta oʻyin oʻtkazgandan soʻng, Ducksch ketma-ket beshta „Fortuna Kyoln“, „SV Elversberg“, Kyoln II, Ayntraxt Frankfurt II va „Maynts 05 II“ga qarshi oʻyinlarda maydonga tushib jami 7 ta gol uradi. „Borussia Dortmund II“ ushbu uchrashuvlardan soʻng 3-oʻringa koʻtarilib oldi.

2012-2013-yilgi mavsumda Ducksch professional futboldagi debyutini 2012-yilning 3-avgustida „Alemannia Aachen“ga qarshi oʻyinda o‘tkazdi. 2013-yil 18-may kuni Ducksch „Borussiya Dortmund II“ning VfB Stutgartning ikkinchi jamoasiga qarshi safardagi oʻyinida gol uradi.

2013-2014-yilgi mavsumda Ducksch Borussia Dortmundning asosiy jamoasiga kiritiladi va 2013-yil 3-avgustda 2013-2014 DFB-Pokal birinchi davrasidagi SV Wilhelmshaven qarshi uchrashuvda oʻzining birinchi golini kiritadi.

2014-yil iyun oyida u 2014-2015-yilgi mavsum uchun SC Paderbornga ijaraga beriladi.

St. Pauli



2016-yil 15-iyunda Ducksch Bundesliga jamoasi „Sankt Pauli“ga 3 yillik shartnoma asosida oʻtadi.

Holstein Kiel ijarasi
2017-yilning yanvarida Ducksch mavsumning ikkinchi yarmi uchun ijara asosida Holstein Kiel jamoasiga oʻtadi. 17 ta oʻyinda beshta gol uradi va toʻrtta golli uzatmani amalga oshiradi. Iyun oyida uning ijarasi uzaytirilib, 2017-2018-yilgi mavsumda ham shu jamoada qoladigan boʻladi. U 2017-2018-yilgi mavsumni 33 ta o‘yinda 18 ta gol va 12 ta golli uzatma bilan yakunlaydi.

Fortuna Düsseldorf



2018-yil iyun oyida Ducksch Bundesligaga yangi koʻtarilgan Fortuna Düsseldorf jamoasiga toʻrt yillik shartnoma asosida qoʻshiladi.

Hannover 96



Düsseldorf jamoasi tarkibida bor-yoʻgʻi bir yil oʻynagach, bu jamoani tark etib, 2019-yil 28-iyunda Hannover 96ga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilganligi tasdiqlandi.

Verder Bremen



2021-yilning 25-avgustida Ducksch Bremenning „Verder“ jamoasiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshiladi. Toʻrt kundan soʻng u debyut oʻyinida dubl qayd etadi.

Xalqaro faoliyati



Ducksch 2009 va 2010-yillarda Germaniya U-15 va Germaniya U-16 futbol terma jamoalarida o‘ynagan. U 2010-yilning 4-sentyabrida Stadhagenda Ozarbayjon U-17 futbol terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Germaniya U-17 terma jamoasi safida debyut qilgan. 2011-yilda Ducksch Germaniya U-17 terma jamoasi safida 2011-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etadi. Ushbu chempionatda Germaniya uchinchi oʻrinni egallaydi. Ducksch 2011-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatining guruh bosqichida Ekvador U-17 milliy futbol jamoasiga qarshi o‘yinda gol urgan va 2011-yilgi FIFA U-17 musobaqasining ikkinchi bosqichida ham yana bir bor gol urishga muyassar boʻlgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Yutuqlari



Germaniya U17

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz