Marvaridli daryo




Sitszyan , Xi daryo , Si-Kiang Chjutszyan, Marvaridli daryo — Xitoyning jan.sharqiy qismidagi daryo. Uz. 2160 km, havzasining maydoni 437 ming km². Yunnan togʻligidan boshlanib, Nannin togʻlarining jan. etaklari boʻylab oqadi va Beyszyan hamda Dunszyan daryolari bilan maydoni 16,9 ming km² li delta hosil qilib Janubiy Xitoy dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 8 ming m³/sek., yezda sersuv. Teztez suv toshqinlari boʻlib turadi. Sugʻorishda foydalaniladi. Uchjou shahridan boshlab kema qatnaydi. Deltasida Guanchjou dengiz porti joylashgan.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz