Ma’ruf Jalil 1936 yil 10 oktyabrda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Payshanba qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1961 yil Toshkent Davlat universitetining filologiya fakulteti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiradi. Mehnat faoliyatini 1958 yili bosmaxona ishchisiga shogird bo‘lib boshladi. Keyincha G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida korrektor va muharrir, «Mushtum» jurnalida adabiy xodim, «Muloqot», «Sharq yulduzi» jurnallarida bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, O‘zbekiston radiosida muharrir bo‘lib ishladi.
Ma’ruf Jalilning ilk she’ri 1961 yili respublika matbuotida e’lon qilingan edi. «Men sizni sevardim», «Rahmat, odamlar» (1970), «Seni o‘ylab» (1973), «Notanish yo‘llar» (1975), «Qo‘shiq ishtiyoqi» (1979), «Men suv ichgan daryolar» (1981), «Parizodim» (1984), «Daryoni izlar shamol» (1987), «Baxtimga sen borsan» (1989) kabi she’riy kitoblari, «Bunyodkor qalb» (1984), «Orol madad so‘raydi» (1987) ocherk va publitsistik maqolalar to‘plamlari bosilib chiqadi. Shavkatli bobolarimiz jasoratini aks ettirgan «Sohibqiron» dramatik qissasi ham uning qalamiga mansub.
Ma’ruf Jalilning she’rlari ortiqcha jimjimador ham, baland parvoz ham emas. Ular oddiy, samimiy va tabiiy, sokin daryolardek chuqur, purma’noli ekanligi bilan qimmatlidir.
Ma’ruf Jalil «Daryoni izlar shamol» to‘plami uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi yillik mukofotiga, quriyotgan Orol dengizi haqidagi publitsistik maqolalar turkumi uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining birinchi mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Ma’ruf Jalil Kristofer Marloning «Ulug‘ Temur» she’riy tragediyasini, Yavdat Ilyosovning «So‘g‘diyona» tarixiy romanini, Yevgeniy Yevtushenko, Lesya Ukrainka kabi shoirlarning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Ma’ruf Jalil 1999 yili «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
Sun'iy intellekt javobi:
Ma’ruf Jalil (1936–2004) — o‘zbek adibi, shoiri va tarjimoni. U O‘zbekiston adabiyotida muhim o‘rin tutgan shaxslardan biridir. Ma’ruf Jalil o‘z ijodida o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, tarixiy voqealari va zamonaviy hayotini aks ettirgan. Uning asarlari nafaqat adabiy yutuq sifatida, balki ijtimoiy-madaniy meros sifatida ham katta ahamiyatga ega.
Ma’ruf Jalil o‘z ijodida asosan she’r, doston va tarjima janrlariga e'tibor qaratgan. U o‘zining she’riyati va tarjimonlik ishi orqali o‘zbek adabiyotining boy tili va ifoda vositalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.
Uning tarjimon sifatidagi faoliyati ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, xorijiy adabiyot namunalarini o‘zbek tiliga muvaffaqiyatli tarjima qilgan. Bu orqali u o‘zbek o‘quvchilarining san’at va madaniyat doirasini kengaytirgan.
Ma’ruf Jalil o‘z davrining ko‘plab adabiy jurnallarida faol ishtirok etgan, yangi avlod yozuvchilar va shoirlarga ilhom manbai bo‘lgan. Uning asarlari hozirgi kunga qadar o‘zbek adabiyotining muhim qismi sifatida o‘rganilib kelmoqda.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish