Maruan Fellayni
Marouane Fellaini-Bakkioui (22-noyabr 1987-yilda tugʻilgan) — belgiyalik professional futbolchi hisoblanadi. Hozirda Xitoyning „Shandong Taishan“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Etterbekda tugʻilgan. Ota-onasi marokashlik. Fellayni "Standart Liej" ga qoʻshilishdan oldin " Anderlext ", „RAEC Mons“, „Royal Francs Borains“ va „Sharleroi SC“ klublarida yoshlar jamoasida oʻynagan. Belgiyaning birinchi divizionida gʻalaba qozonganidan soʻng v u "Everton" ga oʻtish uchun Angliyaga koʻchib oʻtdi.
Belgiya terma jamoasida 2007-yildan to 2019-yil mart oyida faoliyatini tugatgunga qadar Fellayni "qizil iblislar" safida 87 oʻyin oʻtkazib, 18 gol urgan. U 2008 yilgi Olimpiada, 2014 yilgi Jahon kubogi, Evro-2016-va 2018-yilgi Jahon chempionatida jamoani himoya qilib, Belgiyaga keyingi turnirda uchinchi oʻrinni egallashiga yordam berdi.
Yoshlik
Fellayni Marokashning Tanjer shahrida tugʻilgan va Bryusselda tarbiyalangan. Uning otasi Abdellatif „ Raja Casablanca“ va „Hassania Agadir“ klublarining sobiq darvozaboni boʻlgan. Fellayni musulmon futbolchi hisoblanadi.
Klub karerasi
Erta martaba
Bryussel poytaxti Etterbek shahrida tugʻilgan Fellayni "Anderlext" da 8 yoshida futbol oʻynashni boshlagan. U engil atletika bilan ham shug‘ulangan, 10 000 metrga yugurish bo‘yicha musobaqalarda qatnashgan. Biroq Fellayniningotasi professional futbolchi boʻlgan. Abdellatif oʻgʻlini futbolga qiziqtiradi. „Anderlext“ akademiyasida oʻtkazgan birinchi mavsumida u 26 ta gol urgan boʻlsa, ikkinchi mavsumda 37 ta gol urishga erishadi. U 10 yoshigacha „Anderlext“ akademiyasida o‘ynaydi, otasi shaharda yangi ishga joylashishi sababli ko‘chib ketishadi Fellayni Monsga klubiga borib qoʻshildi. Uch yil oʻtgach, u Sporting Sharleroi bilan shartnoma imzolaydi va klubga borib qoʻshiladi. 17 yoshida u Standard Liej bilan birinchi doimiy shartnomasini imzoladi. 2006-2008 yillar oraligʻida u klub safida 84 oʻyin oʻtkazib, 11 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. U oʻzining toʻpni boshqarish qobiliyati va chidamliligi bilan tanilgan, bu esa uni Belgiya birinchi divizionidagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biriga aylantirgan va natijada 2008 yilda „Ebony Shoe“ sovrinini qoʻlga kiritgan, eng yaxshi oʻyinchiga berilgan mukofot. Afrikaliklarning kelib chiqishi fasli.
Manbalar
uz.wikipedia.org