Maruan Chamax
Maruan Chamax (fransuzcha: [maʁwan ʃamak] ; ; -arabcha: مروان الشماخ1984 yil 10-yanvarda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi hisoblanadi, maydondagi pozitsiyasi hujumchi hisoblanadi. Chamax, shuningdek, „Bordo“ tarixidagi eng koʻp gol urgan oʻn birinchi oʻrinda turadi.
Chamax oʻz faoliyatini Akvitaniyadagi turli klublarda boshlagan. 2000-yilda u „Bordo“ bilan shartnoma imzolashga erishadi. Chamax 2002-03-yilgi mavsumda klubdagi ilk debyut qilgan. U „Bordo“ klubida toʻqqiz yil oʻtkazdi va 2007-yilda Bordoga Kupa de la Ligada gʻalaba qozonishiga o‘zining hisasini qo‘shti. 2008-09-yilgi mavsumda Chamax liga chempionligini qoʻlga kiritdi, chunki „Bordo“ 1998-99-yilgi mavsumdan beri birinchi marta chempion boʻlgan edi. Klub, shuningdek, liga kubogi hamda Coupe de la Ligue gʻolibiga aylanadi. 2010-yilning may oyida Chamax klub bilan toʻrt yillik shartnoma asosida Premer-liganing "Arsenal" klubiga erkin agent sifatida qoʻshildi. „Kanonirlar“ bilan birga u klubni 2011-yilgi Liga kubogi finaliga olib chiqishga yordam berdi. Amirlikdagi faoliyati davomida Chamax UEFA Chempionlar Ligasi tarixida ketma-ket oltita oʻyinda gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Fransiyada tugʻilib oʻsgan Chamax Marokashlik ota-onasi tufayli Marokash terma jamoasida faoliyat olib borishni xohlaydi U 2003-yil iyul oyida terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi va uchta Afrika Millatlar Kubogi turnirlarida, shu jumladan 2004-yilda Marokash ikkinchi oʻrinni egallagan turnirda ishtirok etdi. 2010-yilning avgust oyida u birinchi marta terma jamoa sardori boʻldi .
Isteʼfo
2019-yil 26-may kuni Chamax deyarli ikki yarim yil o‘ynamagani uchun professional futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Karyera statistikasi
Klub
uz.wikipedia.org