Martín Payero
Martin Ismael Payero (1998-yil, 11-sentabrda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Primera Divizionining Boca Juniors klubi yarim himoyachisi, EFL Championship Middlesbrough klubidan ijaraga olingan.
Klubdagi faoliyati
Martin Ismael Payero faoliyati Banfield klubida boshlangan. U birinchi marta Primera mavsumida Benfield klubi asosiy tarkibida maydonga tushdi va 2017-yil, 4-dekabrda San-Martin klubiga qarshi debyut qildi; Besh daqiqa qolganida Eric Remedi bilan almashtirildi. U 2017-18-yilgi mavsumda klub tarkibida uchta o‘yin o‘tkazdi, 2018-19-yilgi mavsumda klub tarkibida yana o‘n to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. Keyingi avgust oyida Payero Primera Divizionidagi Talleres klubiga ijaraga berildi.
2021-yil, 5-avgustda
Martin Ismael Payero Chempionshipning Middlesbrough klubiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshildi. U oʻsha yilning 23-oktabrida Cardiff Cityga qarshi oʻyinda (2:0) klub safida birinchi golini kiritdi. U Manchester Unitedga qarshi oʻyinda penaltini aniq amalga oshirdi, natijada Middlesbrough klubi Manchester United klubini 2022-yilning fevralida Angliya kubogidan chiqarib yubordi.
2022-yil, 14-iyulda Payero Argentinaga qaytib, Boca Juniorsga bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida qaytdi.
Xalqaro faoliyati
Martin Ismael Payero avvalroq Argentina U20 terma jamoasi bilan mashgʻulotlarga chaqirilgandi. U Argentinaning 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi uchta oʻyinida ham ishtirok etgan.
Faoliyat statistikasi
2022-yil, 23-aprel holatiga ko'ra
Manbalar
uz.wikipedia.org