Martín Gastón Demichelis




Martin Gaston Demichelis (ispancha: Martín Gastón Demichelis; 1980-yil 20-dekabr, Justiniano Posse, Argentina) — argentinalik futbolchi, „Bavariya“, „Malaga“, „Manchester City“ klublari va Argentina terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan himoyachi hisoblanadi[1][2].

2010 va 2014-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi. „Bavariya“ dublining bosh murabbiyi.

„River Plate“



U professional futbolchilik faoliyatini 1998-yilda „River Plate“da boshlagan, ammo 2001-yilgacha asosiy tarkibdan joy bera ololmagan. U „River Plate“ uchun bir nechta yaxshi oʻyinlar oʻtkazgan. Va uning bu oʻyinlari "Bavariya"" seleksionerlarining eʼtiborini tortgan.

„Bavariya“



Uning „Bavariya“dagi birinchi mavsumi unchalik yaxshi oʻtmadi, chunki u ketma-ket bir nechta kichik jarohatlar oldi, biroq tajribali murabbiy Feliks Magat qoʻl ostida u yakunda asosiy jamoada oʻynay oldi. Martin 2005 va 2006-yillarda „Bavariya“ning nemis chempioni boʻlishida ham muhim rol oʻynadi. 2007-yil 11-sentabrda u o‘zining ilk xalqaro golini Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kiritgan hamda uning jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

2010-yil 24-dekabr Martin Demichelis Ispaniyaning „Malaga“ klubiga oʻtdi. U Ispaniya klubida 6 oy muddatga ijara asosida oʻynaydi. 2011-yilning 8-yanvarida Demichelis „Malaga“ safida 2010-2011- yilgi Ispaniya chempionatining 18-turida „Atletik Bilbao“ga qarshi o‘yinda debyut qilgan. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, Demichelis 81-daqiqada ispan klubi safidagi ilk golini urgan.

„Atletiko“ va „Manchester City“



2013-yilning 11-iyulida Demichelis Madridning „Atletiko“ klubiga o‘tgan. Uning „Malaga“ jamoasi bilan shartnomasi tugatdi hamda u „Atletiko“ jamoasigaga tekinga yoʻl oldi. Martin ular bilan 1 yillik shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi.

Oʻsha yilning avgust oyida Demichelis „Atletiko“ tarkibida birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan Angliyaning „Manchester City“ jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 5 million funtni tashkil qilardi. Shartnoma ikki yilga imzolandi. Martin „26“ raqami ostida toʻp sura boshladi. 27-oktyabr kuni Londonning „Chelsea“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Angliya Premer-ligasida debyut qilgan. 2014-yil 22-mart kuni „Fulxem“ ga qarshi kechgan duelda Martin „City“ safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritdi. Angliyadagi birinchi mavsumida u Premer-liga va Futbol Ligasi kubogini qoʻlga kiritdi . 2015-yil boshida Demichelis „Manchester City“ bilan shartnomasini 2015-2016-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan.

„Espanyol“



2015-2016-yilgi mavsum yakunlangach, „Manchester City“ himoyachi bilan shartnomani uzaytirmadi, shu bilan birga 10-avgust kuni u „Espanyol“ bilan bir mavsumlik shartnoma imzoladi. 22-oktyabr kuni „Eybar“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2017-yilning boshida klub Martin bilan shartnomani bekor qildi va Martin erkin agentga aylandi.

„Malaga“ sahifasiga qaytish



2017-yilning 18-yanvarida Demichelis o‘zining sobiq jamoasi „Malaga“ bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. 2017-yilning 15-mayida u mavsum oxirida o‘ynashni yakunlashini maʼlum qildi.

Xalqaro martabasi




2005-yil 12-noyabrda Angliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Demichelis Argentina terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha yili u Konfederatsiyalar kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan edi. 2007-yil 11- sentyabrda Demichelis oʻzining birinchi xalqaro golini Avstraliya darvozasiga kiritgan.

2010-yilda Martin milliy terma jamoaning Janubiy Afrikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligiga kiritildi. Turnirda u Nigeriya , Janubiy Koreya , Meksika , Germaniya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan hamda Gretsiya terma jamoasi darvozasiga gol kiritgan.

2014-yilda Demichelis ikkinchi bor Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Belgiya , Gollandiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Musobaqa natijalariga koʻra Martin chempionatning kumush medali sohibiga aylandi.

Argentina statistikasi




Yutuqlari



"River Plate"

"Bavariya"

"Manchester City"

Xalqaro yutuqlari

"Argentina"

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz